YaTT tomonidan qanday soliq va to’lovlar to’lanadi?

-2
0

YaTT tomonidan qanday soliq va to’lovlar to’lanadi?

  • You must to post comments
0
0

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 373-moddasiga asosan, yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu faoliyatni amalga oshirish doirasida qat’iy belgilangan soliq to’lash bilan bir qatorda:

1) bojxona to’lovlari;

2) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;

3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;

4) aksiz solig’i – aksiz to’lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda;

5) byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;

6) davlat boji;

7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imni to’laydilar.

Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) yer uchastkasiga ega bo’lsa, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications