Yong'in tekshiruvi

0
0

Uyimizga har yili bir odam kelib (xovlida yashaymiz) gaz hisoblagichlar, mo’ri va isitish tizimini tekishirib 1 yillik to’lov olib ketadi. Kelgan odam o’zini «pojarniy» dan keldim deb
tanishtiradi. Lekin guvohnomasida «Yong’inga qarshi kurashish jamiyati» deb yozilgan. Bu qanday tashkilot va qaysi normativ huquqiy hujjatlar asosida faoliyat olib boradi?

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Nodavlat-notijorat tashkilotlar reestrida
“O’zbekiston yong’inga qarshi kurash jamiyati” mavjud. Uning maqsad va vazifalari quyidagicha ko’rsatilgan.

Respublika xalq xo’jaligi va turar joylarda yong’indan saqlashni ta’minlash uchun aholi keng
qismini yong’indan saqlash va unga qarshi kurashish bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlarda aktiv qatnashishlariga ko’maklashish

Biz xalq tilida “pojarniy” deb ataydigan Yong’in xavfsizligi xizmati davlat tashkiloti
hisoblanadi. Prezidentimizning 2019 yil 10 apreldagi farmoni va qarori bilan Yong’in
xavfsizligi xizmati IIV dan FVVga o’tkazilgan va buning nodavlat tashkilotiga bo’ysunuv
masalasida aloqasi yo’q.

“O’zbekiston yong’inga qarshi kurash jamiyati” nodavlat-notijorat tashkilot sifatida amaldagi
qonun hujjatlari va o’z ustaviga muvofiq ish olib boradi. Davlat yong’in xavfsizligi bo’yicha
majburiy to’lov undirishi to’g’risida biron hujjatdan ma’lumot topmadik. Biroq, o’z maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, aholini yong’indan saqlash bo’yicha faoliyat olib borishi ma’lum.

Odatda, nodavlat tashkilotlar ixtiyoriy a’zolik badallari va homiylik mablag’lari hisobiga
yashaydi va biron muammoli sohaning rivoji uchun mehnat qiladi.

Yuqoridagi tashkilotning to’liq funktsiyasi to’g’risida ma’lumot olish uchun tashkilot ustavi yoki nizomi bilan to’liq tanishib chiqish maqsadida bevosita ushbu tashkilotga murojaat qilishni maslahat beramiz.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications