Rasmiy veb-saytlar toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻtkaziladi

Hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Unga koʻra, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

➖ Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlashga qaritilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

➖ Lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosining yangi tahriri asosida “Oʻzbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish;

➖ Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish;

Rasmiy veb-saytlarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtkazilishi taʼminlash.

Shuningdek, quyidagilarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishi taʼminlanadi:

● shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi boʻlmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;
● ish qogʻozlari, turli blanklar;
● mamlakatimizdagi joy, koʻcha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targʻibot vositalari, reklama va eʼlonlar.

Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻtkaziladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications