Senat Konstitutsiyaga oʻzgarish kiritish haqidagi qonunni maʼqulladi

Senatning oʻn ikkinchi yalpi majlisida senatorlar saylov qonunchiligini takomillashtirishga oid qonunni maʼqulladi. Bu haqda OʻzA muxbiri xabar bermoqda.

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga ham oʻzgarish kiritilishi nazarda tutilgan. Yaʼni saylovlar avvalgidek dekabr oyida emas, endilikda oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilandi.

Qonun prezident tomonidan imzolanib, rasman eʼlon qilingach kuchga kiradi.

Bundan xulosa qilish mumkinki, joriy yilgi prezidentlik saylovlari 24-oktyabrda boʻlib oʻtadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications