Shaharsozlik kodeksi senatorlar tomonidan maʼqullandi

Senat tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi Qonun maʼqullandi.

 Shaharsozlik kodeksida “aholi punkti”, “shahar”, “shaharcha” va “qishloq (ovul)” obyektlar turlari, «oʻzboshimchalik bilan qurilish qilish”, “urbanizatsiya” tushunchalari, shaharsozlik faoliyatida fuqarolar muhokamasi ishtiroki va boshqa iboralarga tushunchalar berilmoqda.

Shuningdek, Kodeksda normativ-texnik hujjatlarni joriy etish va ularning hisobini yuritish boʻyicha yangi normalar mustahkamlanmoqda. Yaʼni:

shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasida jamoatchilik nazoratining ishtirokini taʼminlash;

yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradigan yangi norma;

pudrat uchun davlat shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tartibi va pudrat ishlari qatʼiy shartnoma asosida amalga oshirilishi;

shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda ekspertlarning huquqlari va javobgarligi koʻrsatilgan.

Maʼqullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications