Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.

Mamlakatimizda aziz va moʻtabar ayol zotini ulugʻlash, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qoʻshayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida hamda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgani uchun bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”
faxriy unvoni bilan

Abduraximova Farida Yuldashevna – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi

Ataniyazova Oral Aminovna – Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan

Usmonova Munavvarxon Abduxokimovna – “Saodat” jurnali bosh muharriri

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Axmedova Faridaxon – mehnat faxriysi, Namangan viloyati

Zakirova Gavxar Akmalovna – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Xodjayeva Raʼno Umarovna – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi professori

Xojiyeva Oydin – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Agzamxodjayeva Munira Sharaxmatovna – Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “International House-Tashkent” akademik litseyi matematika fani oʻqituvchisi

Allambergenova Gulnara Yusupbayevna – Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi “Muxalles” dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi

Axmedova Olmos Gafurovna – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi direktori

Djurayeva Saida – Samarqand shahridagi “Aziza” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Ziyavidinova Mukadas Isamidinovna – mehnat faxriysi, Namangan viloyati

Ibragimova Nasiba Ismailovna – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining faxriy diktori

Ikramova Maxbuba Latibovna – Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi direktorining oʻrinbosari, Buxoro viloyati

Kadirova Maxbura Sultanovna – Olmazor tumanidagi “Aʼlo Omad Rivoj” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri

Karamova Komila Zaydullayevna – Qashqadaryo viloyati mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Kariyeva Munira Djurayevna – Toshkent shahridagi “Jurabek Laboratories” qoʻshma korxonasi rahbari

Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna – Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi, Namangan viloyati

Obidjonova Karomat – mehnat faxriysi, Fargʻona viloyati

Polvonova Marxabo Rasuljonovna – Rishton tumanidagi “Zar kulol Rishton” oilaviy korxonasi rahbari, Fargʻona viloyati

Rasulova Muxayo Yunusovna – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi

Salomova Dilobat Ochilovna – “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining elektrda poʻlat eritish sexi operatori, Toshkent viloyati

Sattorova Oyjamol Sherbabayevna – “Hunarmand” uyushmasining Shahrisabz tumani boʻlimi aʼzosi, milliy kashtachi-hunarmand, Qashqadaryo viloyati

Tilabova Dildor Xolovna – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi uchastka kran mashinisti, Navoiy viloyati

Tuychiyeva Yarkinoy Mamazulunovna – “Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi aʼzosi, doʻppidoʻz-usta

Xayitova Omongul – Doʻstlik tumanidagi “Oʻlmas Zebiniso” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Jizzax viloyati

Sharipova Nasiba Xolidinovna – Sherobod tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, payvandchi, Surxondaryo viloyati

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdullayeva Oydin Utamuradovna – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi

Gʻaniyeva Malika Danikanovna – Sirdaryo tumanidagi “Erkatoy” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari, Sirdaryo viloyati

Dosimbetova Tamara Jumabayevna – Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti xotin-qizlar masalalari boʻyicha qozi yordamchisi, bosh otinoyisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Irkulova Gulbaxor Altibayevna – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi

Kareneyeva Nursulu Sardarovna – Tomdi tumanidagi “Tomdibuloq” ovul fuqarolar yigʻini raisi, Navoiy viloyati

Karimova Marxaboxon – mehnat faxriysi, erkin ijodkor, shoira

Karimova Nigora Ganiyevna – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sanʼatshunoslik instituti kino va televideniye boʻlimi mudiri

Kim Larisa Viktorovna – Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining sport gimnastikasi boʻyicha bosh murabbiyi, Navoiy viloyati

Mannapova Mamuraxon – Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining oʻsimlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasi dotsenti, Andijon viloyati

Mardiyeva Dildora Baxronovna – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va maʻrifat” telekanali muharririyat bosh muharriri

Mingbayeva Muxabbat Kaxramonovna – Termiz shahridagi “Xamidiy” xususiy korxonasi direktori, Surxondaryo viloyati

Mirzasheva Nasiba Muratovna – Fargʻona shahridagi “Bahodir Logʻon Tekstil” qoʻshma korxonasi tikuv boʻlimi ustasi, Fargʻona viloyati

Mirsoliyeva Potima Mirabdullayevna – Pop tumanidagi “Papfen” masʼuliyati cheklangan jamiyatining tayyorlov sexi ustasi, Namangan viloyati

Nabiyeva Iroda Erkinovna – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Davolash-profilaktika markazi bosh shifokori

Normetova Sobura Voxobovna – Yunusobod tumanidagi “Katta Hasanboy” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Toshkent shahri

Nurlepesova Gulnara Juginisovna – erkin ijodkor, shoira, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Pыrina Lyudmila Mixaylovna – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

Radjabova Burobiya Tangirovna – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi

Raximova Durdona Shukurullayevna – Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Ruziyeva Dilobod Tursunovna – Nishon tumanidagi “Nishon agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati

Sadikova Valida Nazrullayevna – mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Sadikova Lola Renatovna – Geologiya va geofizika institutining geodinamika, geologik tuzilish va jarayonlarni modellashtirish laboratoriyasi mudiri

Timergalina Nina Yuryevna – “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2-mis boyitish fabrikasi uchastka mashinisti, Toshkent viloyati

Tursunova Valida Daminjanovna – Toshkent shahridagi aholini kasb-hunarga oʻqitishga ixtisoslashgan “Meri Poppins” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori

Xakimova Santalat – mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Xuseynova Abira Amanovna – Buxoro davlat tibbiyot institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi

Shernazarova Zulxumor Jumayevna – Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Ariq oshgan” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

Egamova Dilorom Yusupovna – Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri aktrisasi, Samarqand viloyati

Eltayeva Lola Suyunovna – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Yuldasheva Odina Turgʻunpoʻlatovna – Oʻzbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining informatika fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Aminova Mehriban Ataxanovna – Xonqa tumanidagi 48-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Davlyakanova Vera Nikolayevna – Pastdargʻom tumanidagi 12-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Samarqand viloyati

Kotova Irina Vladimirovna – Buxoro shahridagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Buxoro viloyati

Mirzaraximova Xalidaxon Telmanovna – Andijon shahridagi “Mehrimiz sizga” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi direktori, Andijon viloyati

Mirzomurotova Uguljon Bekmirzoyevna – Bekobod shahridagi “Sweet bubble” xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari, Toshkent viloyati

Tojiyeva Toʻlqinoy Abdujalilovna – Bagʻdod tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, Fargʻona viloyati

Yunusova Gulandom Samiyevna – Buxoro muhandislik-texnologiya institutining oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Buxoro viloyati

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Bekatova Zumrad Raximbayevna – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi

Qalandarova Muhabbat Durdiboyevna – Urgut tumani tibbiyot birlashmasining Yangiariq oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati

Matniyozova Mexribon Otaboyevna – Yangiariq tumani tibbiyot birlashmasining bolalar boʻlimi mudiri, Xorazm viloyati

Ubaydullayeva Sevara Abdullayevna – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi

Xasanova Lola Emilyevna – Toshkent davlat stomatologiya institutining malaka oshirish fakulteti dekani

Hojiyeva Dilbar Yusupovna – Gʻozgʻon shahri tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Navoiy viloyati

Sharipova Visolatxon Xamzayevna – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining anesteziologiya va reanimatologiya ilmiy-klinik boʻlimi rahbari

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Palvanova Nigora Bekbergenovna – Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika boʻyicha murabbiyi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Rajabova Malika Hayitovna – Qorakoʻl tumanidagi “Polvonlar” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Buxoro viloyati

Soliyeva Feruza Qoxromonovna – Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi “Sayiljoy” akademik litseyi direktori, Jizzax viloyati

Elmurodova Zarrina Aslonovna – Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi bolalar nevrolog shifokori, Sirdaryo viloyati

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Matkarimova Zamira Abdusharipovna Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xonqa tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Xorazm viloyati

Muydinova Tohiraxon Dadaxonovna Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kosonsoy tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Namangan viloyati

Xolmatova Leylya Valiyevna – Jizzax viloyati bojxona boshqarmasining “Qoʻshkent” chegara bojxona posti guruh katta inspektor-surishtiruvchisi

Shokirova Dilrabo Xubbimovna – Yangihayot tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 4-ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, Toshkent shahri

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Axmadova Shaxnoza Dilmurodovna – Yangiyoʻl shahridagi “New-Action Textile” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Beknazarova Maxliyoxon Inomjon qizi – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Boʻston tumani boʻlimi boshligʻi, Andijon viloyati

Dosanova Gulmira Sarsenbayevna – Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligining xoʻjalik ishlari mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Karimova Shoiraxon Sobitjon qizi – “Ziyo nashr” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Fargʻona filiali ish boshqaruvchisi, Fargʻona viloyati

Mirsaidova Fotimaxon Eraliyevna – Norin tumanidagi “Mir City” qoʻshma korxonasi rahbari, Namangan viloyati

Moroz Yulianna Romanovna – Toshkent shahridagi “Webmedia Information” masʼuliyati cheklangan jamiyatining uz24.uz veb-nashri bosh muharriri oʻrinbosari

Tojimirzayeva Guzalxon Bahodir qizi – Sirdaryo tumanidagi “Wang Da Group” qoʻshma korxonasi direktori, Sirdaryo viloyati

Shokirova Gulruxbonu Bexzod qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich talabasi

Yuldasheva Shaxlo Shuxratovna – Urganch shahridagi “Sevinch Medical Center” xususiy klinikasi rahbari, Xorazm viloyati

“Shuhrat” medali bilan

Bekmuratova Venera Djoldasbayevna – Nukus shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Berdiyarova Xusnara Joʻramuratovna – Xovos tumani mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Sirdaryo viloyati

Boymuratova Gulsin Alikulovna – Bulungʻur tumanidagi “Oʻroqli” mahalla fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, Samarqand viloyati

Jumayeva Farida Farmonovna – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati vinilxlorid va polivinilxlorid ishlab chiqarish sexi smena muhandisi, Navoiy viloyati

Jumanova Zamira Xasanovna – Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining sex qurilma kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati

Jurayeva Sayyora Akramjonovna – Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Namangan viloyati

Ismoilova Muqaddas Zaynitdinovna – Muzrabot tumanidagi “Anor Umr” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

Isxakova Nasiba Maxsudovna – “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi aʼzosi, kashtachilik-soʻzana ustasi

Karabayeva Nafisa Kutpitdinovna – Uchtepa tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Toshkent shahri

Qurbonova Aziza Abdusabitovna – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” telekanali boʻlim katta muharriri, ijtimoiy tarmoqlardagi “Mikrofon koʻtargan ayol” sahifalari blogeri

Madiyarova Shoxista Azizmatovna – Toshkent viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari

Mamayusupova Zulayxo Primkulovna – Jizzax shahridagi “Amir Temur” mahalla fuqarolar yigʻini raisining xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, Jizzax viloyati

Mirzanazarova Maxsuda Yuldashovna – “Uzauto Motors Powertrain” aksiyadorlik jamiyatining quyish sexi ustasi, Toshkent viloyati

Mustanova Shaxnoza Rustamovna – Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi

Nazarova Shoiraxon Aʼzamovna – Margʻilon shahar musiqali maqom teatri artist-sozandasi, Fargʻona viloyati

Nishanova Xanifaxon Sobirovna – Yangiyoʻl tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Toshkent viloyati

Nurmanova Madina Shuxrat qizi – Toshkent shahri “Simple Networking Solutions” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi “Daryo.uz” internet-nashri fotomuxbiri, bloger

Rajabova Yulduz Shamshiddinovna – “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi aktrisasi

Rustamova Shaxlo Muxammadjonovna – “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Rustamxodjayeva Munisxon Rasuljanovna – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi sex texnigi

Sabirova Dilfuza Kiyemovna – “Jizzax akkumulyator zavodi” aksiyadorlik jamiyatining sifatni kafolatlash boʻlimi boshligʻi, Jizzax viloyati

Sabirova Roza Davlatmuratovna – Urganch shahridagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabining nemis tili fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Sadikova Seyyare Sifedinovna – Andijon tumanidagi “Fusunkor” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Tojiboyeva Buxalima Tuxtaboyevna – Namangan viloyati “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyi katta hamshirasi

Turekeyeva Ariuxan Aimuratovna – “Qaraqalpaqstan jaslarы” gazetasi masʼul kotibi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Urakova Lola Xamidovna – erkin ijodkor, adiba, Qashqadaryo viloyati

Xaydarova Risolat Tursunovna – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining xalqaro aloqalar va badiiy tarjima boʻlimi bosh mutaxassisi

Xalimova Sharifa Raximovna – “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi aʼzosi, qorakoʻl mahsulotlari tikuvchisi

Sherboboyeva Gulrux Baxtiyorovna – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, Qashqadaryo viloyati

Shoberdiyeva Nazira Ruziyevna – Termiz tumanidagi “Angel Farishta” oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Yuldasheva Dildora Ergashevna – Sirdaryo tumanidagi “Reka-Med Farm” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yigʻuvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati

Yuldosheva Hamida Ismoilovna – Buxoro viloyati “Muruvvat” nogironlar uchun ayollar internat uyi hamshirasi

Yunusova Xamidaxon Xaldarovna – Andijon tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Andijon viloyat.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications