Shaxsiy maʼlumotlarni Oʻzbekistonda saqlash majburiy boʻladi

Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritilib, veb-sayt egalariga Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini Oʻzbekiston hududida saqlash majburiyati yuklandi.

Oʻzgartirishlarga koʻra:

Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlari jismoniy jihatdan Oʻzbekiston hududida joylashgan va Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi kerak;

maʼlumotlarni lokalizatsiya qilish talabi axborot texnologiyalari, shu jumladan Internet orqali maʼlumotlarni qayta ishlashga taalluqli;

maʼlumotlarni lokalizatsiya qilish, yigʻish, tizimlashtirish va saqlash talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.

Oʻzgartirishlar uch oy ichida — aprel oʻrtalaridan boshlab kuchga kiradi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications