Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Shaxsiy rivojlanish uchun qilishingiz kerak bo’lgan 10 ta ish

Shaxsiy rivojlanish uchun qilishingiz kerak bo’lgan 10 ta ish

Shaxsiy rivojlanish insonni mukammallik sari yetaklaydi. Inson hamisha o’zini rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Quyida shaxsiy rivojlanish uchun qilish kerak bo’lgan 10 ta eng muhim ish ro’yxati berildi.

1. O’zingiz rivojlantirmoqchi bo’lgan qobiliyatingiz haqida o’qing.

Biror bir qobiliyatingizni rivojlantirishni istaysizmi? Unda u haqida o’qing. Kirishimli bo’lishni istaysizmi? Unda odamlar bilan munosabat to’g’risidagi kitoblarni o’qing. O’zingizga bo’lgan ishonchni orttirmoqchimisiz? Unda shu hmavzudagi kitoblarni o’qing. Xullas, har qanday qobiliyatingizni rivojlantirishni istasangiz, dastlab, shu mavzuga oid kitoblarni o’qing. Ular sizga albatta to’g’ri yo’l ko’rsatadi. Ishonavering.

2. Ustoz toping.

Ustoz aynan sizdan yoshi katta odam bo’lishi yoki repititor bo’lishi shart emas. Muhumi ustozning yoshi emas, balki siz bilishni istaydigan narsani bilishi kerak. Hatto o’z tengdoshingiz ham siz bilmaydigan ko’p narsalarni bilishi mumkin.  O’rganishdan uyalmang. Ustoz sizni to’g’ri yo’naltirib turadi. Bu orqali siz ko’zlagan maqasadingizga tezroq erishasiz.

3. Har kuningizni sarhisob qiling.

Har kuni tunda uxlashdan oldin, o’tkazgan kuningizni analiz qiling va qilgan xatolaringiz va qilishga ulgurmagan ishlaringizni yozib boring. Keyingi kuni o’tgan kungi xatolaringizni takrorlamaslikk harakat qiling va qilishga ulgurolmagan ishlaringizni qilishga harakat qiling. Bu narsa sizni intizomga o’rgatadi va tez orada o’z natijasini ko’rsatadi.

4. Kundalik rejalar daftari tuting.

Ya’ni har kuni qiladigan ishlaringiz ro’yxatini tuzib oling. Va ana shu reja asosida ish ko’ring. Boshlanishiga  barcha yozganlaringizni qilishga ulgurolmasligingiz mumkin. Lekin vaqt o’tgan sari barcha ishlarni qilishga ulgurasiz.

5. Oldin siz odatni shakllantiring, keyin odat sizni shakllantiradi.

Kundalik hayotingizdagi zararli odatlaringizni aniqlab oling. Bunday odatlar, albatta, barchamizda bor. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarga ko’p vaqt sarflash, kech turish, kech uxlash va hokazo. Ushbu zararli odatlaringizni foydali boshqa bir odatlarga almashtiring. Ushbu foydali odatlar borib-borib o’z samarasini ko’rsata boshlaydi.

6. Rag’bat/Jazo tizimiga amal qiling.

Biror xato ish qilib qo’ysangiz, o’zngizni biror usul bilan jazolang. Misol uchun, bir kun kech tursangiz, nonushta qilmang(jazo sifatida), keyingi kun nonushta qilish uchun ham erta turishga harakat qiladigan bo’lasiz. Rag’batlantirishga keladigan bo’lsak, biror kitobni o’qib tugatsangiz, o’zingiz sevgan biror ish bilan shug’ullaning.(ijtimoiy tarmoqqa kirsangiz ham mayli)

7. O’zingizga nisbatan qattiqqo’l bo’ling.

Hech qachon o’zingizni o’zingiz aldamang. Biror xato ish qildizmi, albatta, yuqoridagiga o’xshash jazo tizimini qo’llang.

8. O’zingiz havas qiladigan odamlardan o’rnak olishga harakat qiling.

O’zingiz havas qiladigan odamlarning yaxti taraflarini o’zlashtirib olishga harakat qiling. Garchi bu taqlid qilishga o’xshasada, ularning ibratli jihatlarini o’rganib olish zarar qilmaydi.

9. Erishayotgan yutuqlaringizni tahlil qilib turing.

O’zingizda qanday o’sishlar bo’lgani tahlil qilib boring. Buning uchun o’zingizning hozirgi holatingiz bilan bir oy yoki bir yil oldingi holatingizga solishtirib ko’ring.

10. Davomiylikka amal qiling.

Nima ish qilsangiz ham, uni vaqt o’tib to’xtatib qo’ymang. Oz-ozdan qiling lekin har doim qiling. Misol uchun har kuni kitob o’qishga harakat qilyapsizmi, bir kun yuz bet o’qib keyingi kun tashlab qo’ymang. Undan ko’ra 20 betdan o’qing, lekin har kuni o’qing. Hech qachon to’xtab qolmang.

1