SHUKRONA

Bahoring qadriga yet dedi,
kuz keldi.
Shirining dardiga yet dedi,
tuz keldi.
Hammasi chalkashdi mutanosibdan,
Olovli yo‘llarim tugamay,
muz keldi.

Yomg‘irlar yog‘dimu, sirpanib
loy kechdim,
Anduhlar og‘dimu, iymanib
voy kechdim.
To‘nimni teskari o‘girdim,
yo yechdim,
Parishon holimga nodonlar,
yuz keldi…

Iymandim, uyaldim, baribir
befoyda,
Aytdilar uyalmay, uyalmoq
ne foyda.
Aljoyi gaplarim turmadi
almoyda,
Shohona libosim yechildi,
bo‘z keldi.

Rizqimni o‘zing but va ulug‘ qil Olloh,
Dilimni aljoyi tilla bir qil Olloh.
Hayriyat dedim, La ilaha il Olloh,
O‘ldimmi, o‘lmadim tilimga
so‘z keldi…

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications