Singapurning 10 ta g’alati qonuni

Jamoat joyida qo’shiq aytish.

Jazo: 3 oylik qamoq

Singapur Online Qonuniga ko’ra jamoat joyida qo’shiq aytish qonunga xilof hisoblanadi. Agar siz jamoat joyida qo’shiq aytayotgan holda qo’lga tushib qolsangiz, 3 oyga qamalishingiz yo jarima to’lashingiz, yoxud har ikkalasi bilan jazolanishingiz mumkin.

2. Begona odamlarning Wi-fi ni buzib kirish

Jazo: 3 yillik qamoq yoki $10 000 dollar jarima

Singapur Kompyuterdan egri foydalanish va Kiberxavfsizlik to’g’risidagi Akti ga ko’ra begonalarning wi fi dan ruxsatsiz foydalanish hakkerlik sanaladi va 3 yillik qamoq yoki $10 000 dollar jarima yoxud har ikkalasi bilan jazolanadi.

3. Kaptarlarni boqish

Jazo: $500 jarima

Kaptarlarni boqishni jinoyat, deb hisoblash g’alati tuyulishi mumkin, ammo Singapurliklar o’zgacha fikrlaydi. Agar kaptarlarga don yoki non ushog’ini sochayotgan paytingizda qo’lga tushib qolsangiz, $500 dollar jarima to’lashingizga to’g’ri keladi.

4. Bir jinsli aloqa.

Jazo: 2 yillik qamoq

Singapurda bir jinsli (jinsiy) aloqa va nikoh qat’iyan taqiqlanadi. Singapurliklar fikricha, bu – tabiat qonunlariga qarshi chiqish hisoblanadi.

5. Hojatxona suvini tortishni unutmang, aks holda…

Jazo: $150

Singapur qonunchiligiga ko’ra, jamoat hojatxonalaridan foydalangandan so’ng uningsuvini tortib tozalab ketmasngiz, $150 dollarlik jarimaga tortilasiz.

Aldab ketaman deyishga xomtama bo’lmang, ular axlat kimga tegishli ekanligini aniqlashga qodir bo’lgan barcha texnika vositalariga ega.

6. Jamoat joyida chekish

Jazo: $152 – 760

Singapurda jamoat joylari va jamoat transportlarida chekishga qarshi maxsus qonun qabul qilingan. Mazkur qonun atrof -muhitning tozaligini saqlash va chekmaydigan insonlarni sigaretning zararli tutunidan himoyalash uchun qabul qilingan. O’z uyingizda sigaret sotib olish va chekish qonunga xilof emasligiga qaramasdan, chet eldan Singapur hududiga kirayotganingizda yoningizdan sigaret topilishi qonunga xilof hisoblanadi va jarimaga tortilasiz.

7. Uyingiz ichida yalang’och yurish

Jazo: $1000

Uyingiz ichida bemalol sigaret chekavering, ammo yalang’och yura ko’rmang. Singapur qonunchiligiga ko’ra uy ichida yalang’och yurish pornografiyani targ’ib etish deb qaraladi va qo’lga tushgan shaxs $1000 dollar jarimaga tortiladi. Shunday ekan, kelasi safar dush qabul qilmoqchi bo’lsangiz, deraza pardalarini yopib qo’yishni unutmang.

 

8. Axlat tashlash (ifloslantirish)

Jazo: $300 yoki majburiy jamoat ishlari

Agar 3 marta ko’chaga axlat tashlayotganingizda qo’lga tushib qolsangiz, haftasiga bir marta “Men ko’chani ifloslantiruvchiman”, deb baqirib ko’chalarni tozalaysiz. Bu qoida qoidabuzarlarni odamlar oldida uyaltirish va ularning qaytib bunday ishga qo’l urmasligini kafolatlash maqsadida joriy qilingan.

9. Saqich sotish

Jazo: $1000 yoki 2 yil qamoq

Saqich chaynash taqiqlanmagan, ammo uni sotish qonunga xilof sanaladi. Singapur Online Qonuniga ko’ra kontrabanda yo’li bilan Singapur hududiga saqich kiritish 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish yoki $100 000 dollar jarima bilan jazolanadi.

10. Jamoat joyida tupurish

Jazo: $1000

Ko’p tupuradigan odamlar Singapurga bormay qo’ya qolishgani ma’qul. Qahvaxonalar yoki do’konlarda tupurish qonunga xilof bo’lishi tabiiy hol, ammo Singapurda yo’llarda, tratuarlarda umuman istalgan jamoat joylarida tupurish qonunga xilof sanaladi. Agar bu qoidani buzsangiz $1000 dollardan ayrildim deyavering!!!

Endi tushundim Singapur nega bunchalik Toza va BOY mamlakat ekanligini.😂

Muallifdan

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications