Sizga nuqsonli tovar sotishdimi?

Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o’tilmagan bo’lsa, o’z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:

  • tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
  • tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
  • tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
  • xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
  • shartnomani bekor qilib, ko’rilgan zararni qoplash.

“Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida” Qonun 13-modda.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications