Sog’inch

Yuragimni chulg’ab oldi o’tli sog’inch,
Sog’inchli allangiz sog’indim, onajon!
Yurak istaydi bir ovunch,
Ovunchli allangiz sog’indim, onajon!
Bemehrlar dastidan to’ydim,
Mehrli mehringiz sog’indim, onajon!
Mehr berib mehr olmay qo’ydim,
Javobsiz mehringiz sog’indim, onajon!
Atrofim to’la manfaatli do’stlar,
Manfaatsiz do’stligingiz sog’indim, onajon!
Yonimdasiz, bilinmas kam-u ko’stlar,
Yonimdaligingiz sog’indim, onajon!
Yo’llarim hech kim shunchaki kutmas,
Shunchaki kutishingiz sog’indim, onajon!
Yiqilsam hech kim qo’limdan tutmas,
Tutgan qadoq qo’llaringiz sog’indim, onajon!
Har yonim to’la xiyonatkor ko’zlar,
Vafoli ko’zingiz sog’indim, onajon!
Jonga tegdi bu qalbaki, soxta so’zlar,
So’zsiz so’zingiz sog’indim, onajon!
Kerakmas ortiq yuzsiz yuzlar,
Nurli yuzingiz sog’indim, onajon!
Sizni o’ylab yuragim bo’zlar,
O’z o’zingiz sog’indim, onajon!

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications