Sotgan uyimdan soliq to’laymanmi?

Assalomu alaykum! Men 2007 yil yashashimiz uchun 7 mln. so’mga oldi-sotdi shartnomasi asosida xonadon sotib olgan edim. Oilaviy sharoitimni yaxshilash uchun 2019 yil fevral oyida oldi-sotdi shartnomasi asosida 200 mln. so’mga sotdim. Ortiqcha pulimga uzim yashash uchun shu yil ya`ni 2019 yil 150 mln. so’mga shartnoma asosida xonadon sotib oldim. Oilaviy sharoitimni yaxshilash uchun uni ham 2019 yil shartnoma asosida 100 mln. so’mga sotganman. Menga 2020 yil DSI dan birinchi sotgan xonadoningizdan 193 mln. so’m foyda ko’rgansiz, daromad soligi to’lashingiz kerak deb aytishmoqda. Men xonadon oldi-sotdi ishi bilan umumun shug’ullanmaganman. Faqat oilaviy sharotimni yaxshilash uchun bitta xonadonimni sotib, ortiqcha pulimga 1  xonali xonadon olib qo’yay deb, uni zarariga sotganman. 2007-yildan hozirgi kunga qadar boshqa uy oldi-sotdi qilmaganman. Men qanday yo’l tutay,maslahat bering. Sizga oldindan minnaddorchilik bildiraman.


Davlat soliq xizmati organi xodimining (soliqchi) gaplari mutlaqo asossiz.

Buni quyidagicha isbotlaymiz.

Soliq kodeksi (yangi tahrirdagi) 378-moddasida soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari belgilangan. Ya’ni jismoniy shaxs shu moddada nazarda tutilgan daromadlaridan daromad solig’i to’lamaydi. Ular qatorida soliq to’lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar ham mavjud.

Biroq o’ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to’lovchining mulkida bo’lgan turar
joylarni sotishdan olingan daromadlar bundan mustasno.

Ushbu qoidani soddaroq tushuntiradigan bo’lsak, siz 2020 yilda 150 mlnga turar joy sotib
olib, uni 2022gacha olingan narxdan yuqoriroq narxga sotigan bo’lsangiz, unda siz olingan
daromad miqdoridan kelib chiqib daromad solig’i to’lashingiz shart.

Siz savolingizda uyni 2007 yilda olganligingizni va uni 2019 yilda sotganligingizni
yozgansiz.

Shunday ekan sizning uyni sotishdan olgan foydangiz soliqqa tortilmaydi.

Endi ikkinchi uyingiz masalasiga kelsak, yuqoridagi kodeks 375-moddasi birinchi qismi 4-
bandiga muvofiq soliq to’lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mulkiy daromad hisoblanadi hamda bu daromad jismoniy shaxsning jami daromadlari tarkibiga kiritiladi va bu soliq solish obyekti sanaladi.

E’tibor bering! Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni
realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi.

Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya
qilish qiymati, ko’chmas mulk bo’yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi
o’rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi. Qisqacha aytganda, siz o’zingizga tegishli bo’lgan mulkni uni olgan narxingizdan (yoki qurish, ta’mirlash uchun sarflagan narxingizdan) oshiq narxga sotsangiz, ular orasida narx soliq solish bazasiga kiriladi.

Xulosa qiladigan bo’lsak, siz 2007 yilda olib, 2019 yilda sotgan uyingizdan olgan
foydangizdan daromad solig’i to’lamasligingiz kerak. Ikkinchi uyni ham 150 mlnga olib, 100 mlnga sotgansiz.

Shunday ekan siz bu uy bo’yicha ham soliq to’lamaysiz.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications