Sudga qanday murojaat qilinadi?

Sudga da’vo arizasi, ariza va shikoyat bilan yozma shaklda murojaat qilinadi.

Talab nizoli ish bilan bog‘liq bo‘lsa, sudga da’vo arizasi beriladi.

Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  • ariza byerilayotgan sudning nomi;
  • da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan byerilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
  • javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
  • da’vogarning talabi;
  • agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi;
  • da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va da’vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
  • javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro’yxati.

 Da’vo arizasiga quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:

Ariza – buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek, ma’muriy ishlar bo‘yicha beriladi.

Da’vo ariza shakliga qo‘yilgan talablar ariza shakliga ham tatbiq etiladi.

Shikoyat – sud hujjatlari ustidan norozi bo‘lib 

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications