Suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida loyihalar amalga oshiriladi

Prezident qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021–2023-yillarga moʻljallangan strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiya doirasida:

● suv taʼminoti darajasi past boʻlgan sugʻoriladigan maydonlar 526 ming gektardan 424 ming gektargacha kamaytiriladi;

● suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 1,1 mln gektargacha, shu jumladan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi 121 ming gektardan 822 ming gektargacha yetkaziladi;

● shoʻrlangan maydonlar 1 926 ming gektardan 1 888 ming gektarga qisqartiriladi;

● qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi;

● “Smart Water” (“Aqlli suv”) raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xoʻjaligi obyektlari soni 18 576 tagacha yetkaziladi;

● 60 ta yirik suv xoʻjaligi obyekti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkaziladi;

● Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 1 688 ta nasos stansiyasidagi 5 231 ta nasos agregatining elektr energiyasi isteʼmoli va suv sarfi hisobining monitoringi “onlayn” rejimda olib boriladi;

● suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta loyiha amalga oshiriladi.

2021-yil 1-oktyabrgacha etilen polimerlari (TIF TN kodi 3901) va propilen polimerlarini (TIF TN kodi 3902) olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilandi.

2021-yil 1-iyulgacha suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications