Syan Szi hikmatlari

Yalqov va dangasalarga ko‘mak bersang bo‘yningga minib olishlari uchun ularga imkoniyat yaratasan. Xatoni kechirsang, o‘zing ham xato qilasan.
Razillikni kechirsang, keyingisini yaralishiga yo‘l ochasan.
Ahmoqlik kechirilishga loyiq emas. U shamol kabi beqarorlikdir. Uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish lozim. Uning zararidan himoyalanish barobarida foydali jihatini ajratish lozim.
Agarda sen ham boshqalar kabi fikr yuritsang, xato qilasan. Hammaning fikr – o‘yi turli – tumandir.
Agar sen boshqalar uchun ham o‘ylasang, yana adashasan. Hammaning o‘ziga yarasha dardi bor.
Faqat o‘zingcha va o‘zing uchun o‘yla. Ammo bir narsani unutmagin – boshqalar uchun o‘ylamas ekansan, o‘zing haqingda ham o‘ylamaysan.
Xudolar va g‘oyalarga xizmat qilish osonroqdir. Sababi ular tirik insonlarga qaraganda anchagina oddiyroqdirlar.
Katta odam ham, kichkinasi ham yagona maqsad sari barobar odimlashi mumkin. Ularning farqi – kichkina o‘sha yerda to‘xtaydi. Kattasi esa yanada olg‘a intiladi.
Agar sen o‘ylayotgan narsang haqida gapirmasang, ishonayotgan narsang haqida eshitmasang hamda bajarishing lozim bo‘lgan ishlarni teskarisini qilsang, bilginki, shu o‘tgan davr mobaynida yashagan ham emassan.
Kerakli narsalar tez amalga oshmaydi. Tez bo‘ladiganlarning hammasi esa kerakli emasdir.
Maqtanchoqlik – o‘ziga ishonmaslik belgisi hisoblansa, qo‘pollik kuchsizlikdir. Ulardan foyda umid qilish esa, ahmoqlikdir.
Boylikning yo‘qligi hali kambag‘allik emas. Kambag‘allik – boylikka hirs qo‘yishdir.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications