Bejizga sarlavhada Janubiy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti Nelson Mandella nutqidan iqtibos keltirmadik.
Zeroki bu jumlaning maʼnosini yaxshi anglab yetgan har qanday davlat borki oʻz kuchi va imkoniyatlarini ilm-fan va taʼlimning rivojiga sarflaydi.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, birorta hududni ham, tarmoqni ham zamonaviy ilm va bilimlarsiz rivojlantirib boʻlmaydi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 50 foizidan ortigʻi “bilimlar iqtisodiyoti” hisobidan, yaʼni, innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar tomonidan yaratilayotgani buni yaqqol isbotlamoqda.
Dunyo tajribasi shuni koʻrsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga oʻn, yuz barobar koʻp foyda keltiradi.
Ilm-fan va taʼlimning davlat va jamiyat rivojidagi beqiyos oʻrnini toʻgʻri baholagan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz prezidentlik lavozimga kirishi bilan bu boradagi ishlarning naqadar jonlangani hech kimga sir emas.
Zeroki ungacha boʻlgan davrda ilm-fan va taʼlimning hamda bu sohada mehnat qilayotgan ziyolilarning ahvoli hammaga ayon edi.
Soʻnggi yillarda taʼlimning hech bir yoʻnalishi yoʻqki unda islohotlar amalga oshirilmagan boʻlsin. Bu hoh maktabgacha taʼlim boʻlsin, hoh umumiy oʻrta taʼlim boʻlsin, hoh oliy taʼlim boʻlsin bu sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
Kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bogʻchalar soni esa 3 barobarga koʻpayib, 14 mingdan oshdi.
Bu yil oliy taʼlimga qabul parametrlari 2016-yilga nisbatan 2,5 barobarga oʻsdi, yoshlarimizni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetdi.
2020-yilning 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasini yoʻlladi. Anʼana tusiga kirib borayotgan murojaatnoma yoʻllash jarayonida davlatimiz rahbari joriy yil yakunlar va kelasi yil rejalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputatlari va senatorlari bilan oʻrtoqlashdi.
Taʼlim va ilm-fan sohasida olib borilayogan islohotlar haqida gapirar ekan davlatimiz rahbari shunday dedi: “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim.
Prezidentimiz ilgari surayotgan “Uchinchi Renessans” yoki “Renesans” tushunchasi bizning millat uchun begona tushuncha emas. Xalqimizning aql-idroki maxsuli oʻlaroq dunyoga kelgan avvalgi ikki renesansni dunyo tan olgani bejizga emas.
Zeroki ota-bobolarimizning har biri dunyoni oʻzgartirgan qodir boʻlgan kashfiyot va ixtirolar yaratganki, ularni asrlar oʻtsada insoniyat tamaddunining ustun hisoblanadi.
Birgina “algoritm” tushunchasining ilm olamiga kiritgan bobomiz Al-Xorazmiyning oʻzi bunga yorqin misol hisoblanadi. Negaki ilm-fan har qancha taraqqiy etmasin bu zotning 11 asr muqaddam yaratgan nazariyasi hozirgi zamon axborot texnologiyalari asri uchun ham amaliy ahamiyatga ega.
Oʻzbekistondagi ilm-fan va taʼlim sohasidagi keng koʻlamli islohotlar “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoya asosida amalga oshirilishida ham bejizga emas.
Bundan maqsad yoshlarga oʻz oldiga qoʻygan katta marralar egallashi uchun ularga keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama koʻmak berishdan iborat.
Taʼlim yoʻnalishlarda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida davlatimiz rahbari kirib kelayotgan 2021-yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berishni taklif etdi.
Kelasi yil belgilangan sohani tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish boʻyicha 30ga yoʻnalishlar sanab oʻtilgan boʻlsa-da, ular ichida xususiy sektorni qoʻllab-quvvalash va ularga imtiyozlar berish borasida yangiliklar sohani yanada rivojlantirish hamda raqobat muhitini shakllantirish borasida muhim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Birgina maktabgacha taʼlim sohasiga xususiy sektorni jalb qilish boʻyicha byudjetdan 600 milliard soʻm subsidiya berish hisobidan qoʻshimcha ravishda 2 mingta nodavlat bogʻcha tashkil etilishi va xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkazish, hududlarda xususiy maktablar faoliyatini ragʻbatlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratish, xususiy oliygohlarga ham zarur mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasi berish tizimi yoʻlga qoʻyilishi fikrimizning yorqin dalili boʻladi.
Xulosa oʻrinida shuni taʼkidlash lozimki, davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ishlar nafaqat xususiy sektorni sohadagi oʻrnini mustahkamlashga, balki taʼlim sohasining ham rivojlanishi va raqobat muhitni shakllanishiga jiddiy taʼsir qiladi.
Ahmad Jabbarov,
Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali oʻqituvchisi