Talabalar ishlashi mumkinmi?

O’zbekiston mehnat qonunchiligi bo‘yicha talabalarning ishlashi cheklanmagan. Talabalar bemalol ishlashlari mumkin. Mehnat kodeksining 77-moddasiga muvofiq, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan boshlab sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus taʼlim vazirining 9-sonli buyrug‘iga ko‘ra, kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ish taʼlimdan bo‘sh vaqtida bo’lishi shart.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications