Talabalarni o‘qishdan chetlatish tartibi qanday?
Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
- o‘z xohishiga binoan;
- o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
- salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
- o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
- bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
- o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
- talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
- sud qaroriga ko‘ra kirish imtixonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
- vafot etganligi sababli.
Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.
Categories:
Ta'lim