Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmi joriy etiladi

Share on telegram
Ulashing
Share on facebook
Ulashing
Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmi joriy etiladi

“Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali maʼlum qildi.

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmi joriy etiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish va sogʻliqni saqlash sohasida ekspertlarni sertifikatlash boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Qaror bilan Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga koʻra, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash quyidagi bosqichlardan iborat:
➖ oʻzini oʻzi baholash va baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritish;
➖ joyning oʻzida tashqi kompleks baholash;
➖ inspeksiya nazorati.

Akkreditatsiyadan oʻtish uchun tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyalovchi organga quyidagilar orqali ariza taqdim etadi:
➖ Davlat xizmatlari markazlari;
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP).

Arizaga BHMning 2 baravari (446 ming soʻm) miqdorida toʻlov toʻlanganligi haqidagi kvitansiya ilova qilinadi. 

Akkreditatsiya guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda tibbiyot tashkilotiga akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi darajasiga qarab quyidagi toifalar berilishi mumkin:

➖ ikkinchi akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 75 foiz boʻlganda;
➖ birinchi akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 85 foiz boʻlganda;
➖ oliy akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 95 foiz boʻlganda.

Shuningdek, qarorga koʻra 2022-yil 1-yanvarga qadar tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Mavzuga aloqador

Yuridik maslahat portali.

Scroll to Top