To’y-hasham o’tkazish qoidalarini buzish uchun javobgarlik qanday?
To’ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o’tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o’tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
To’yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to’ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o’tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining o’ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu normaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
192 prim 1-modda.
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks.
Islombek Abdixakimov