Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab o’qishning bir o’quv yiligacha bo’lgan muddatni xorijiy oliy ta’lim muassasasining yurisprudentsiya yo’nalishida o’qish huquqiga ega. Talabaning xorijiy oliy ta’lim muassasasida o’qigan davri va o’zlashtirgan fanlari xorijiy oliy ta’lim muassasasi ma’lumotnomasi asosida universitet Kengashi tomonidan universitet o’quv rejasi va dasturlarining tegishli qismlarini o’zlashtirganligi sifatida qabul qilinishi va talabaga o’qishini tegishli o’quv semestridan davom
ettirish huquqi berilishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish
tartibi to’g’risida
NIZOM
11-bandi