Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

2-Issiqlik Markazida avariya holati yuzaga kelishi sababli ayni vaqtda tezkor taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:

— Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6 mavzelarida.

Ayni paytda muammo bartaraf etilmoqda, zarur miqdordagi texnikalar va mutaxassislar jalb etilgan. Mazkur hududdagi taʼmirlash ishlari 4 soat ichida yakuniga yetkazilishi kutilmoqda.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications