Tovar kelib chiqqan joy nomlari
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy ob’yektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomini belgilangan tartibda Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinib patent (guvohnoma) berilib amaldagi qonun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
1) talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
2) talabnoma beruvchining zikr etilgan jo‘g‘rofiy ob’yektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur jo‘g‘rofiy ob’yektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bog‘liq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar;
3) chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
4) talabnoma berganlik uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Davlat boji:
tovar belgisini, xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga va talabnomada ifodalangan belgini davlat ekspertizasidan o‘tkazishga talabnomalar berish uchun BHMning 1,5 baravari
Rasmiy ekspertiza
Talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanadan boshlab 30 (o‘ttiz) kunni tashkil qiladi.
Tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisini huquqini ro‘yxatga olish va patent (guvohnoma) berish:
Davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalari asosida, patent boji to‘langanligi haqidagi hujjat olingan sanadan e’tiboran 3 (uch) ish kuni ichida tovar belgisinidan foydalanish huquqini tegishli reyestrda ro‘yxatga oladi.