Tovar (xizmat ko‘rsatish) belgilarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi qanday?

Tovar (xizmat ko‘rsatish) belgilari
Yuridik va jismoniy shaxslar tovar va xizmatlari belgilangan tartibda Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinib patent (guvohnoma) berilib, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.

Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
1) tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma beruvchining uning joylashgan joyi yoki yashash manzili ko‘rsatilgan arizasi;
2) talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
3) belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va (yoki) xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati;
4) Talabnomaga talabnomani topshirish uchun belgilangan tartibda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

Davlat boji:
tovar belgisini, xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga va talabnomada ifodalangan belgini davlat ekspertizasidan o‘tkazishga talabnomalar berish uchun BHMning 1,5 baravari.

Rasmiy ekspertiza
Talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanadan boshlab 30 (o‘ttiz) kunni tashkil qiladi.

Tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisini huquqini ro‘yxatga olish va patent (guvohnoma) berish:
Davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalari asosida, patent boji to‘langanligi haqidagi hujjat olingan sanadan e’tiboran 3 (uch) ish kuni ichida tovar belgisinidan foydalanish huquqini tegishli reyestrda ro‘yxatga oladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications