Transport vositalarida tezlikni oshirib yuborish uchun jarima miqdori

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan
ko’p bo’lmagan kattalikda oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan
ortiq, lekin 40 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda oshirib yuborishi yoki transport
vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko’p
bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin
bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan
ortiq kattalikda oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining to’qqiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan
ortiq, lekin 40 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun
ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport
vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko’p
bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo
qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini
boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab bo’ladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan
ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir
yil davomida takror oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan
harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko’p bo’lmagan
kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin
bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining
belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday
huquqbuzarlik uchun uch marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror
oshirib yuborishi, —
transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilib, eng kam ish
haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi
1283-modda

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications