Tuzalmaydi dardim mening,
O’lsam kerak.
Tuproq bilan og’a-ini
Bo’lsam kerak.
O’lim nima?
Bu ham bitta
Sayr, Ona.
O’g’ling qaro yerga ketdi,
Xayr, Ona…
Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo’q.
Xira shamdek ko’zlarimda
So’nmoqda cho’g’.
Cho’g’ nimadir?
Cho’g’ ham tutab,
Kul bo’ladi.
Inson bir kun o’z mayliga
Qul bo’ladi…
Yuragimni tamom qildim,
Yig’layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.
Men hayotda o’limga tik
Boqib o’sdim…
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do’stim!