UESSEKS SOVRINI

Otlarning yoshi 4-5 yosh atrofida, oraliq masofa 1 milya, 5 ferlong, boshlang‘ich badal 50 funtdan.
Birinchi o‘ringa mukofot – 1000 funt, 2-o‘ringa – 300 funt, 3-o‘ringa – 200 funt.
1. Habash — egasi Xit Nyuton; chavandoz — qizil dubulg‘a, kulrang kamzulda.
2. Bokser — egasi polkovnik Uordlou, chavandoz — to‘q sariq dubulg‘a, qora kamzulda.
3. Beg‘am — egasi lord Bekuoter, chavandoz — dubulg‘ali, sariq yengli kamzulda.
4. Kumushrang — egasi polkovnik Rose, chavandoz — qora dubulg‘ada, qizil kamzulda.
5. Billur — egasi gersog Balmorel, chavandoz — sariq dubulg‘ada, qora yo‘l-yo‘l kamzulda. 6. Sho‘x — egasi lord Singlford, chavandoz — binafsha-rang dubulg‘a, qora kamzulda.”

— Kumushrang — beshga to‘rt! — deya e’lon qilindi min-bardan. — Kumushrang — beshga to‘rt! Beg‘am — o‘n beshga besh! Hamma qolganlar beshga to‘rt!
— Otlar startda, — deya xitob qildim men. — Qaranglar, hammasi bo‘lib oltita ot!
— Oltita? Demak, Kumushrang ham bor ekan-da! Polkovnik quvonchdan o‘zini yo‘qotib qo‘yayozdi. — Lekin qani u? Men uni ko‘rmayapman. Uning rangidan taniyman-ku!
— Hozircha beshtasi chikdi. Manavi bo‘lsa kerak, — dedim qora dubulg‘ali chavandoz yonimizdan choptirib o‘tgan tulporga imo qilib.
— Bu mening otim emas, — qichqirdi polkovnik. — Uning peshanasidagi oq qashqasi qani? Nimalar bo‘lyapti o‘zi, janob Xolms?
— Qarang, yugurishini qarang, — dedi durbinni ko‘zidan uzmay o‘tirgan Xolms, xuddi uning gapini eshitmagandek. — Ajoyib, hammasi joyida! Qarang, ular burilishyapti.
Izvoshdan otlar maydonga chiqqani aniq ko‘rinib turardi. Ular dastlab bir chiziqsa chopib borishardi. Biroq ko‘p o‘tmay, lord Bekuoterning sariq kiyimli chavandozi ajralib chikdi. Faqat biz turgan joydan o‘ttiz yard chamasi masofada polkov-nikning arg‘umog‘i Beg‘amdan oshib o‘tdi va marra sari ilgari-lay boshladi. Balmorelning Billuri boshqalardan sezilarli tafovut bilan uchinchi o‘ringa chiqib olgandi.
— Har nima bo‘lganda ham sovrin endi meniki bo‘ladi, — dedi polkovnik ko‘zlarini ishqalab. — Biror nimani tushu-nayotgan bo‘lsam, o‘lay agar. Siz meni yana qachongacha bunday jumboqlarga ro‘baro‘ qilmoqchisiz, mister Xolms?
— Hozir hammasini bilib olasiz, polkovnik, hozir ot-ning yoniga boraylik, birgalikda ko‘ramiz. Mana u, — Xolms endi otlarning egalari va ularning do‘stlari tushib kelayot-gan davraga yo‘l oldi. — Faqat uning peshanasini bir shisha spirt bilan artsangiz bo‘ldi, o‘z Kumushrangingizni taniysiz-qo‘yasiz!
— Nima?
— Otingiz bir firibgarning qo‘liga tushib qolgan ekan, men uni topdim va mana shu holatda uni poygaga chiqartirishga jur’at etdim.
— Ser, siz haqiqiy mo‘’jiza yaratdingiz! Otim
har qachongidan a’lo ko‘rinishda. U biror poyga-
da hozirgiday tez yugurmagandi. Sizni biroz shubhaga
qo‘yganim uchun ming bor uzr so‘rayman. Siz menga otim-
ni qaytarib juda katta marhamat ko‘rsatdingiz. Agar Jon
Strekerning ham qotilini topishda yordam bersangiz,
menga yana katta oliyjanoblik ko‘rsatgan bo‘lur edingiz.
— Men uni allaqachon topganman, — dedi Xolms xotir-
jamlik bilan.
Polkovnik bilan men hayratdan lol qolgandik.
— Qotilni topdingiz? Qani, qayerda?
— U shu yerda. U mening qarshimda turibdi.
Polkovnik kutilmaganda tutaqib ketdi:
— Tushunaman, mister Xolms, men sizning oldingiz-
da qarzdorman, ammo bu sizga men bilan bu qadar qo‘pol
hazillashish yoki haqorat qilish huquqini bermaydi.
Xolms kulib yubordi:
— Qiziqmisiz, polkovnik, sizni qotillikda ayblash xayo-
limga ham kelgani yo‘q. Haqiqiy qotil sizning yelkangiz osha
menga qarab turibdi.
Xolms bir qadam oldinga yurib, chopqir tulporning sag‘risiga qo‘lini qo‘ydi.
— Qotil -— otmi? — bu savolni polkovnik bilan bir paytda berdik.
— Ha, ot! Ammo, ot faqat o‘zini himoya qilish uchungina uni o‘ldirishga majbur bo‘lgan. Holbuki Jon Streker siz¬ning ishonchingizga munosib emasdi. Ammo, voqeaning to‘liq tafsilotini biroz ortga surib turamiz. Men keyingi poyga-da biroz pul yutib olmoqchiman.
Biz vagon kupesida polkovnik bilan Dartmur otxonasida dushanba kuni kechqurun ro‘y bergan hodisaning to‘liq taf-siloti va bu jumboqni qanday yechgani xususida Xolmsning hikoyasini tinglab borar ekanmiz, Londonga qanday yetib kel-ganimizni bilmay qoldik.
— Tan olishim kerak, — dedi Xolms. Gazeta ma’lumot-lariga asoslanib tuzgan taxminlarimning hammasi xato bo‘lib chikdi. Men Devonshirga kelgunimcha garchi dalillar u qadar ishonarli bo‘lmasa-da, qotil albatta Fitsroy Simpson bo‘lsa kerak, degan fikrda edim. Faqat biz Strekerning uyi-ga kelganimizda qorovullarning ovqati aynan qo‘y go‘shti va sarimsoqdan tayyorlanganidan xabar topib, fikrimni o‘zgartirdim. O‘sha kungi parishonxotirligimni albatta siz payqagan bo‘lishingiz kerak, Uotson!
— Qiziq, bu o‘rinda qo‘y go‘shtining nima aloqasi bor? — uning gapini bo‘ldi polkovnik sabri chidamay.
— Bu mening tasavvurlarim silsilasining birinchi halqasi edi. Opiumning ta’mi uncha bilinmasa ham u ancha kuchli hidga ega bo‘ladi. Agar u ovqatga sepilsa, odam yemasdan oldin uning hidini sezishi mumkin. Sarimsoq sousi esa, opi-um hidini yo‘qotuvchi eng maqbul vosita sanaladi. Har qalay Fitsroy Simpsonning bu tomonlarda paydo bo‘lishi va shu kuni Strekerning xonadonida sarimsoq sousidan ovqat tayyor-lanishi orasida biror bog‘liqlik bo‘lmasa kerak. O‘sha oqshom u o‘zi bilan opium kukunini olib chiqqan bo‘lishi esa, menim-cha aql doirasiga sig‘maydi. Demak, bu ehtimol yo‘qqa chiqadi. Demak, bunda shubha faqat Streker va uning xotiniga tushadi. Opium esa, faqatgina otboqarning taqsimchasiga sepilgan, Kings-Paylendda bu ovqatdan tanovul qilganlarning biror-tasida biror noxush holat sodir bo‘lmagan. Xizmatkor qizning ko‘zi tushmasdan turib, kim uning taqsimchasiga opium solib qo‘ygan bo‘lishi mumkin? Kim? O‘sha oqshom it ham ovozini chiqarmagani meni qiziqtirib qo‘ydi. Sezib turganingizdek bu ikki holat o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik bo‘lishi kerak. Simpsonning Kings-Paylendda paydo bo‘lishi bilan bog‘liq hikoyadan otxonada it saqlanishi ma’lum bo‘lgandi, ammo kim-dir otni ichkaridan olib chiqayotganida it negadir akillab so-monxonada uxlayotgan qorovullarni uygotmagan. Shubhasiz, it tungi mehmonning kimligini yaxshi bilar, uni tanirdi.
Men shularni mulohaza qilib, o‘sha oqshom otni Strekerning o‘zi olib chiqib ketgan degan xulosaga keldim. Ammo uning maqsadi nima edi? Nima sababdan u o‘z yordamchisini behush qilib qo‘ydi? Men hali bu savollarning javobini bilmas-dim. Shunday holatlar bo‘ladiki, ayrim murabbiylar o‘zlari parvarishlayotgan otlarga qarshi maxsus odamlar yollab, katta pul tiktirishadi va otning poygada g‘olib chiqmasligi uchun turli girrom tadbirlarni o‘ylab topishadi. Ba’zan ular hatto jokeylarni o‘zlari tarafiga pul bilan ogdirish payida bo‘ladilar. Streker nima qilgan? Men uning cho‘ntaklaridan

bu jumboqni yechishga yordam beradigan biror nima topish umidida edim. Aytganim bo‘ldi. Siz uning qo‘lidan topilgan pichoqni eslang: axir biror aqli raso odam bunday noqulay asbobdan himoya yoki hujum quroli sifatida foydalanmagan bo‘lardi. Uotsonning ta’kidlaganiday, bu faqat o‘ta nozik jarrohlik amaliyotlarida qo‘llaniladigan tibbiyot anjomi edi. Til biriktirgan firibgarlar uchun esa, ana shu pichoq asqotishi aniq edi. Janob polkovnik, siz otlarni yaxshi bila-siz, ularning oyoqlariga sezilmaydigan tarzda jarohat yetka-zish mumkinligi haqida eshitgandirsiz? Bunday operatsiyadan keyin ot ancha oqsab qoladi, buning sababini ko‘pchilik shun-chaki otlarda uchraydigan belangi yoxud kuchli zo‘riqish natija-si, deya baholaydi. Ammo, bunday hiyla hech kimning xayoliga ham kelmaydi.
— Yaramas, ablah, — qichqirib yubordi polkovnik.
— Oyog‘iga o‘tkir tig‘ botganini payqagan har qanday sezgir ot pishqirib, hatto o‘likni ham seskantirib yuborishi oddiy haqiqat. Shu bois bu ishni odamlardan ancha uzokda bajarish lozim edi. Streker Kumushrangni otxonadan olib chiqib, odam¬lardan yiroqroqqa olib borgan.
— Hah, ko‘r ekanman, — g‘udrandi polkovnik. Demak shuning uchun u o‘zi bilan sham va gugurt ham olib ketgan ekan-da?
— Shubhasiz. Men uning yonidan topilgan ashyoviy dalil-
larni o‘rganib, uning bu jinoyatni qay tariqa emas, nima sa¬
babdan qilinganligini aniqlashga ham muvaffaq bo‘ldim.
Polkovnik, siz hayotni chuqur biladigan odam sifatida be-
gonalarga tegishli hisob varaqlarni olib yurish naqadar g‘a-
lati ekanini yaxshi anglaysiz. Axir odamzodning tashvishi
o‘ziga yetarli emasmi? Men shundan Streker kim bilandir
don olishib yurishini payqadim. Siz o‘z xizmatkorlaringiz-
ga qanchalik yaxshi haq to‘lamang, ular uchun bir ayolning par-
doz vositalariga 20 funt to‘lash oson bo‘lmasdi. Men missis
Strekerdan o‘sha ko‘ylak haqida so‘rab bildimki, u bunday

kiyim-boshni umuman ko‘rmagan. Keyin men yashirinchatikuvchi-ning manzilini yozib oldim. Albatta tikuvchiga Strekerning suratini ko‘rsatganimda, Derbishir degan odam hayotda umu¬man bo‘lmaganini anglash oson bo‘lardi. Xullas, kalavaning uchi topilgach, uni yechish oson kucha boshladi. Streker shamning shu’lasi ko‘rinmasligi uchun otni aynan chuqurlikka olib tush-gan. Simpson yo‘l-yo‘lakay bo‘yinbog‘ini tushirib qoldirgan va tasodifan uni Streker topib olgan. Ehtimol, u otning oyog‘ini bog‘lash maqsadida undan foydalanmoqchi bo‘lgandir? Chuqurlikka tushib olgach, Streker ishni boshlash uchun otning oyog‘i ostida turib, gugurt chaqqan. Kutilmagan alangani ko‘rib ot dabdurustdan hurkib ketgan va chuqurlikdan sakrab chiqish asnosida qo‘qqisdan o‘z murabbiysining boshiga tepib yubor-gan. Streker yomg‘ir quyib turganiga qaramay, yomg‘irpo‘shini yechib, buta shoxiga ilishga ulgurgan edi. Axir harakat o‘ta no-ziklikni talab etardi. U zarbdan ag‘anab tusharkan, bexosdan qo‘lidagi pichoq bilan biqiniga jarohat yetkazgan.
— Aql bovar qilmaydi, — xitob qildi polkovnik.
Tasanno! Xuddi o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rgandek gapiryapsiz-a?
— Yana bir gapni aytishni unutibman. Axir, Strekerdek ayyor odam biror tajribaga ega bo‘lmay turib, shunday mu-rakkab va nozik operatsiyaga qanday qo‘l urmoqchi bo‘ldiykin? U Kings-Paylendning qaysi manzilida bunday tajribani o‘tkazishi mumkin? Men qo‘y boqib yurgan cho‘ponni ko‘rib, undan qo‘ylarda keyingi paytda biror o‘zgarish sezilgan-sezilmaganini so‘radim. Uning javobi mening hamma taxmin-larimni tasdiqladi. Hatto o‘zim ham bundan ajablandim.
— Endi men hammasini tushunib yetdim, Xolms!
— Men Londonga borib, tikuvchiga Strekerning surati-ni ko‘rsatdim. U darrov tanidi va suratdagi odam doimiy mijozlaridan biri mister Derbishir ekanini aytdi. “Derbishirning xotini juda tannoz ayol va urfga muvofiq

tarzda kiyinadi va pardoz qiladi”, dedi u. Shundan so‘nggina Streker o‘z ma’shuqasi tufayli qulog‘igacha qarzga botgani va xiyonatga qo‘l urganini tushunib yetdim.
— Faqat bir narsani tushuntirib bersangiz, — dedi pol¬kovnik. — Ot qayerda ekan?
Ha otmi? U qochib ketgan va qo‘shnilaringizdan biri
uni tutib olgan va berkitib qo‘ygan. Hali u bilan ham bi-roz hisob-kitobimiz bor. Biz hozir Klepemga qarab ketyap-miz, to‘g‘rimi? Demak, Viktoriya vokzaligacha 10 daqiqalik yo‘l qoladi. Agar siz bizning uyimizga bir piyola choy ichish maqsadida tashrif buyursangiz, sizni qiziqtirgan tafsilot-larni bafurja aytib berardim.

 

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications