Xususiy tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi qanday?

Xususiy tibbiy faoliyatni litsenziyalash Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Litsenziya yuridik shaxslarga beriladi.

Litsenziya olish uchun hujjatlarni topshirish davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv
davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tadbirkor xohishiga ko’ra, umumiy yoki tezlashtirilgan tartibda
amalga oshiriladi.

Tibbiy faoliyat uchun litsenziyalar tibbiy ixtisoslashuv shakllari nomenklaturasiga muvofiq
beriladi.

Litsenziya olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

  1. litsenziya olish uchun ariza (so’rovnoma to’ldirish orqali);
  2. tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu
    jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi ma’lumot.

Litsenziya olish uchun tadbirkorda quyidagilarning mavjud ekanligi tekshiriladi:

bosh shifokorda — oliy tibbiy ma’lumot va malakaviy toifa, boshqa vrach-mutaxassislarda tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot va malakaviy toifaning mavjudligi;

stasionar turdagi nodavlat tibbiy tashkilotda operasiya bo‘limi tashkil etilgan taqdirda operasiya qiluvchi vrachda — kamida birinchi malakaviy toifaning mavjudligi;

xorijiy mutaxassis jalb etilgan taqdirda operasiya qiluvchi vrachda kamida yetti yillik ish staji yoki yetakchi tibbiy muassasalar yoki klinikalarning operasiya qiluvchi vrachining zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi tavsiyanomasi;

mutaxassis-vrachlarda belgilangan tartibda olingan malaka oshirish bo‘yicha amaldagi sertifikat;

xorijiy bilim yurtini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda xorijiy mamlakatlarda olingan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning nostrifikasiyasi (ekvivalentligini belgilash) haqidagi guvohnomaning davlat namunasi;

xorijiy bilim yurtini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda mutaxassisligi bo‘yicha malakasini tasdiqlovchi hujjat;

sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga mos bo‘lgan lisenziyalangan faoliyat turini amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar;

tegishli metrologik me’yorlar va texnika xavfsizligi me’yorlariga mos bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnika;

terapevtik yo‘nalish va diagnostika ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy faoliyatni amalga oshirishda sterilizasiya ishlarini bajarishga shartnoma yoki sterilizasiya bo‘limi;

xirurgiya yo‘nalishidagi ixtisosliklar, shu jumladan, stomatologiya bo‘yicha tibbiy faoliyatni yuritishda sterilizasiya bo‘limi;

tibbiy xodimda — sterilizasiya uskunasida ishlash bo‘yicha o‘quvdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat.

Qanday to’lovlar to’lanadi?

  • Arizani ko’rib chiqish uchun yig’im: BHM 2 baravari;
  • ! Tezlashtirilgan tartibda arizani ko’rib chiqish uchun qo’shimcha ravishda BHM 3 baravari;
  • Davlat boji: BHM 5 baravari
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications