Yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil qilmasdan qanday faoliyat turlari bilan shug’ullanishi mumkin?

Share on telegram
Ulashing
Share on facebook
Ulashing

Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari
RO‘YXATI

T/r Faoliyat turining nomi
I. Chakana savdo:
1. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari, alkogolli
va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar, farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)
2. Ko‘chma savdo obyektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, ish kuni tamom bo‘lgandan keyin obyektni demontaj qilinishi va ko‘chirilishini talab etuvchi obyektlarda)
3. Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish
4. Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish
5. Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari, o‘simlik moyi, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno), bunda olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmaslik sharti bilan
II. Qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hunarmandchilik faoliyati.
III. Maishiy xizmatlar, II bo‘limda nazarda tutilganlaridan tashqari:
6. Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar
7. Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek, dazmollash xizmatlari
8. Gilam va gilam buyumlarini ta’mirlash va tozalash
9. Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va to‘qimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni ta’mirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va to‘qimachilik galantereyasidan buyumlarni tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, kashtachilik
10. Hayvonlar terilari, mo‘yna, to‘qimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va bo‘yash
11. Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash
12. Attorlik buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash
13. Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash
14. Kalitlar tayyorlash
15. Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va ta’mirlash
16. Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash
17. To‘siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash
18. Yog‘ochdan eshik, deraza va boshqa buyumlar (mebeldan tashqari) tayyorlash
19. Inventarni (xo‘jalik, sport, baliqchilik va hokazo) ta’mirlash va tayyorlash
20. Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash
21. Tayyor mebelni yig‘ish, ta’mirlash va drapirovka qilish
22. Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash
23. Yakka buyurtma bo‘yicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek, zargarlik buyumlarini ta’mirlash
24. Optika, soatlarni ta’mirlash va metall, plastmassa, sopol, fayans, tosh, kartondan mahsulotlarda o‘ymakorlik ishlari (qavariq yozuvlar va tasvirlar tushirish)
25. Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini ta’mirlash, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish
26. Transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qo‘riqlash signalizatsiyalarini ta’mirlash va o‘rnatish, polirovkalash, kuzovga himoya va bezak qoplamalarini qoplash xizmatlari)
27. Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari
28. Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish
29. Binolarga oyna o‘rnatish xizmatlari
30. Jamoat hojatxonalari xizmatlari
31. Hammom va sauna xizmatlari
32. Turar joylarni yig‘ishtirish xizmatlari
33. Hovlilar va bog‘larga qarash xizmatlari, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlari
34. Bog‘lar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish
35. Video va fotosuratga olish xizmatlari
36. Xo‘jalik mollari va uy-ro‘zg‘or buyumlarini (mebel, idish-tovoqlar, xo‘jalik, sport, baliqchilik anjomlari, maishiy texnika, priborlar
va boshqalarni) ijaraga berish
37. Oilaviy mehmon uylari va xostellarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish
IV Faoliyatning boshqa turlari:
38. Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari, qurtni tayyorlash va sotish
39. Milliy non va patir tayyorlash va sotish
40. Popkorn, frezerda muzqaymoq, salqin ichimliklar, ayron va go‘ja tayyorlash va quyib sotish
41. Salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish
42. O‘lchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish
43. Aholi uchun turar va noturar joylarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar
44. Repetitorlik xizmatlari
45. Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari
46. Bolalarning o‘yinchoq avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlar
47. Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, ta’mirlash va ulardan foydalanish
48. Dizayn bo‘yicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik san’ati
49. Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter o‘yinlarini tashkil etish, shuningdek, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va ko‘paytirish bilan bog‘liq xizmatlar
50. Tashrif qog‘ozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish
51. Muqovalash ishlari
52. Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish
53. Sug‘urta agentlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
54. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish
55. Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (to‘y, yubiley, tug‘ilgan kun va hokazolar)
56. Ko‘ylak va kostyumlarni, shuningdek, ularga aksessuarlarni prokatga berish
57. Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari)
58. Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari
59. To‘garaklar tashkil etish va yuritish
60. Davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati
61. Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)
62. Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari
63. Mol so‘yish xizmatlari
64. Uy hayvonlariga qarash xizmatlari
65. Veterinariya faoliyati
66. Yuklarni avtomobil transportida tashish
67. Yo‘lovchilar va yuklarni daryo transportida tashish
68. O‘simlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xomashyoni yetishtirish, yig‘ishtirish, tayyorlash va sotish
69. Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay san’ati)
70. Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish
71. Shisha idishlar va ikkilamchi xomashyoni qabul qilish xizmatlari (metall chiqindilaridan tashqari)
72. Rieltorlik faoliyati
73. Jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish
74. Tashkilotlar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash bo‘yicha xizmatlar
75. Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlarni bajarish
76. Matritsali printyerlar va alfavit-raqam bosma qurilmalar uchun bo‘yovchi tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash
77. Qog‘ozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash
78. Telekommunikatsiyalar operatorlariga, provaydyerlariga vositachilik xizmatlari ko‘rsatish (abonentlar yoki xizmatlar ko‘rsatuvchilarga ma’lumot-axborot xizmati ko‘rsatish, xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish)
79. Paxta (ilgari iste’molda bo‘lgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari
80. Turistik faoliyat — turagentlik va ekskursiya xizmatlari, shuningdek, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari
81. Duradgorlik ishlari (aholi buyurtmalari bo‘yicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish)
82. Metallni ta’mirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy ta’mirlash)
83. Yog‘och me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar)
84. Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga,shu jumladan trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)
85. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish
86. Turistlarga uy-joyni qisqa muddatga ijaraga berish (30 kungacha)
87. Davlat xizmatlari ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etish

Izoh. Agar yakka tadbirkor faoliyatning asosiy turiga nisbatan yordamchi hisoblangan faoliyatni amalga oshirsa, qat’iy belgilangan soliq faoliyatning bir turi uchun to‘lanadi.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan faoliyat turlari yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu ro‘yxat doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradigan xususiy tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Mavzuga aloqador

Yuridik maslahat portali.

Scroll to Top