Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati

Yakka tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun jismoniy shaxs tomonidan o‘z yashash joyidagi “Yagona darcha” markaziga o‘zi kelgan holda, pochta aloqasi yoki Internet tarmog‘i orqali ariza taqdim etiladi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

– pasport;

– davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati.

Yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik sub’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko‘ruvchi jismoniy shaxs tomonidan o‘z yashash joyidagi Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspektsiyasiga kelgan holda, pochta aloqasi yoki Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza-xabarnoma taqdim etiladi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

– pasportlar nusxalari va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolarining qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;

– davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati.

Yollangan xodimlarni hisobga qo‘yish

Tadbirkor yollangan xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risida xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ariza taqdim etadi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

– xususiy tadbirkor va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi nusxasi;

– xodimning 3×4 sm hajmdagi 2 dona fotosurati;

– yollangan xodimning pasport nusxasi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications