“Yangihayot”da industrial park tashkil etiladi

Yangihayot tumanining “Xoʻja Uchqun”, “Jaloyiq” va “Gulzor” mahallalari tutashgan hududlaridagi yer maydonlari hisobidan “Yangihayot” industrial texnoparki tashkil etiladi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu texnopark 210 gektar maydonni egallab, unda qurilish materiallari, oziq-ovqat, tekstil va boshqa bir qator muhim sohalarda qiymati 4 trilliondan ortiq soʻmlik 70 dan ziyod loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Bu boʻyicha 4-fevral kuni “Toshkent shahrida “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications