Yo’l bo’lsin janob O’zbekiston, yoxud “Ravnaq – 2050” algoritmi (Narzulla Shodiyev) Elektron kitob

Narzulla Shodiyev

Asar muallifi

Total turgʼunlikka, yurtida turib, ziyon ichida gʼarib boʼlgan xalqni yalpi qashshoqlikka, milliy parokandalikka va sharmandali axloqsizlikka olib kelgan “siyosat” uchun javob jazosi muhaqqaq. Qoʼshsha-qoʼshsha osmonoʼpar haykallaru naqshinkor mavzoley qutqara olmaydi. Nosogʼlom rahbar, nosogʼlom boshqaruvning buzuq, xasta muhitida shakllanib, “kamolga yetgan” vorisga bu –
makonu lomakon imtihon: xatolar uddalansa – xaloskor, yoʼqsa – qoʼshaloq qargʼish! Аrbobsizlikning harbopcha mutlaq “sovruni” – shafqatsiz rost hukm shunaqa!
Yaxshiyam, hayotda hamisha muqobillik mavjud. Umid, hech boʼlmasa, rostgoʼy Cherchillga oʼxshab hukumat (davlat) boshligʼi sifatida xalqqa “Menda sizga qondan, terdan, mashaqqatli ogʼir mehnatdan va koʼz yoshidan boshqa taklif yoʼq”, deya tantanali arz qilguvchi, mukammallikning qulflangan qutisini ochib yuborgich mard, jangovar Yetakchidan…
Oliy gʼoyani topolmayotgan, janob Oʼzbekiston, yoʼl boʼlsin?..

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications