Yolg’iz ayol bola asrab olishi mumkinmi?

Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandiga muvofiq, voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin. Demak, farzandlikka oluvchilarning nikohda turgan bo’lishi talab etilmaydi va nikohdan ajrashganligi ham farzand asrab olish uchun to’sqinlik qilmaydi.

Quyidagi shaxslarga farzand asrab olish taqiqlanadi:

ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;

sobiq farzandlikka oluvchilar, agar ular farzandlikka olish bo‘yicha zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganliklari yoki ularni lozim darajada bajarmaganliklari, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganliklari, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek, surunkali ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganliklari munosabati bilan farzandlikka olish bekor qilingan bo‘lsa;

qasddan sodir qilgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.

Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications