Yuridik shaxslar oʻrtasidagi tuziladigan ijara shartnomalari notarial tartibda tasdiqlash majburiymi ?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5816-sonli Farmoniga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan yuridik shaxslarning, xususan bank va boshqa kredit tashkilotlarining korxonani ijara va tekin foydalanishga berish hamda birlamchi bozordagi koʻchmas mulk va transport vositalarini olishda ipoteka, garov va lizing shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilingan.
Categories:
Fuqarolik huquqi