![Аliment toʼlovlaridan qarzdorlik mavjud emasligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma qanday olinadi?](https://civil.uz/wp-content/uploads/2025/01/civilpost-1200x630-76-1.jpg)
Аliment toʼlovlaridan qarzdorlik mavjud emasligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma qanday olinadi?
Aliment toʼlovlaridan qarzdorlik mavjud emasligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnomani olish uchun qarzdor ijro ishi yuritishni amalga oshirayotgan Byuroning tuman (shahar) boʼlimiga ariza bilan (shu jumladan, elektron pochta orqali) murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- avvalgi davrlar uchun toʼlangan (ushlab qolingan) aliment miqdorlari;
- oylik ish haqi va boshqa daromadlar;
- chet elda olingan daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Yodda tuting! Qarzdorlik mavjud emasligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma va davlat ijrochisining oldindan toʼlash belgilangan alimentlar miqdorini hisoblash toʼgʼrisidagi qarorini berish toʼgʼrisidagi ariza yetti ish kuni davomida koʼrib chiqiladi. Hujjatlarni qoʼshimcha oʼrganish talab etilganda ariza oʼn besh ish kuni ichida koʼrib chiqilishi mumkin.
Categories:
Oila huquqi