Mas’uliyati cheklangan jamiyat ochish tartibi qanday?

Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyatdir.

Jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.

Ro’yxatdan o’tkazish tartibi:

  1. mustaqil ravishda maxsus sayt orqali : Saytga kirish
  2. Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurish orqali.

Kerakli hujjatlar:

  • ariza,
  • ta’sis hujjatlari
  • elektron raqamli imzo.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqti: 30 daqiqa.
To‘lanadigan davlat boji*:

BHMning 90% – mustaqil ravishda ushbu sayt orqali ro‘yxatdan o‘tilsa;

BHMning 100% – Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurish orqali ro‘yxatdan o‘tilsa.

*Izoh: Ayrim yo‘nalishlarda mazkur bojlar miqdori o‘zgarishi mumkin.

Talablar:

Jamiyatning ta’sis hujjatlari: Ustav va ta’sis shartnomasi

Boshqaruv:  ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.

Rahbarlik qilish: yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organ yoki kollegial ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

O‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklari:
MChJ – biznesning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakli.
Ustunligi: javobgarlik ishtirokchilar tomonidan kiritilgan ulushlar miqdori bilan cheklangan.
Kamchiligi: o‘z ulushini sotishda qiyinchiliklar mavjud. Ishtirokchi birinchi navbatda MChJning boshqa ishtirokchilariga sotib olishni taklif etishi lozim, ishtirokchilar rozi bo‘lmagan taqdirda, ulushni sotib olish imtiyozli huquqi Jamiyatning o‘ziga o‘tadi (agar Jamiyat o‘zi ham ulushni sotib olish istagini bildirmasa, bunda ushbu ulushni uchinchi shaxslarga sotsa bo‘ladi).

Islombek Abdixakimov