Ajrashmay turib er-xotin mol-mulkni bo’lishi mumkinmi?

Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin. (Oila kodeksi 27-modda)

Demak, er-xotin nikoh davrida ham nizo yuzaga kelgan hollarda mol-mulkni sud orqali bo’lib olishlari mumkin. Buning uchun ular tegishli Fuqarolik ishlari bo’yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishlari lozim.

Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin. (Oila kodeksi 27-modda)

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications