Er-xotinning o‘zaro roziligi asosida nikohdan ajralishni qayd etish tartibi qanday?

FHDY organi mulkiy nizolari hamda voyaga etmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qiladi.

Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan, ulardan birining yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDYo organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki er-xotin yashab turgan joydagi FHDYo organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Nikohdan ajratishni qayd etish er-xotinning yoki ulardan birining ishtirokida nikohdan ajratish haqida FHDYo organiga ariza bergan kundan keyin 3 oy o‘tgach amalga oshiriladi va sobiq er-xotinlarning har biriga nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beriladi.

Er yoki xotindan birining nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishi to‘g‘risidagi istagi nikohdan ajratish haqidagi arizasida ko‘rsatilishi kerak.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications