«Hidoya» asaridan parchalar (Burhoniddin Marg’inoniy)
Mart 17, 2021 kuni chop etildi, muallif:
Hidoya asaridan parchalar (Burhoniddin Marg’inoniy)
Quyosh nurlarini berkitib bo’lmaganidek, haqiqatning chirog’ini ham so’ndirib bo’lmas.
* * *
Sahbon o’g’li Ajlonning og’zidan chiqqan fasohatli so’zlarining o’zi bir xulqu tabiatdirki, u bularni otasi (Sahbon)dan olgan.
* * *
Senga ezgulik ko’rsatgan kimsaga ezgulik qilgin, chunonchi Javzo yulduzi botgandan keyin Shixara yulduzining porlashi go’zaldir.
* * *
Payg’ambar alayhissalomdan: «La’na ollohu ar-roshiy va-l-murtashiy», ya’ni «rishvat (pora) oluvchiga ham, beruvchiga ham, Alloh taoloning la’nati bo’lsin», degan hadisi sharif sodir bo’lgandur».
* * *
Qimorbozlar oy nurini g’animat bilib qimor o’ynasalar, tunlari qissayu hikoyatlar tinglovchilar esa bedorlikka parvo qilmaydilar.
* * *
Yozilgan kitob nusxasining to’g’riligi ko’z qorachig’ining boqqaniga bog’liqdir, rivoyatning inobatlisi (ishonchlisi) esa serob suvdan ham ortiqroq qondirar.
* * *
Baland tog’larga ko’tarilib va pastliklarga tushib safar qilish uyda, devorlar ichida, mashaqqatlar orasida och o’tirishdan avlodir (xayrlidir).
* * *
O’z vaqtidan kechikib berilgan in»m-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq bug’uvchidir.
* * *
Hunarmandu kosiblar qo’pdir, biroq mohiru qobiliyatlari ozdir (ya’ni, usta ko’pu ustasi ozdir).
* * *
Ikki narsa bir daraxtning butog’idir, ya’ni, ikkalasi ham bir xildir: biror narsa so’raganga (tilanganga) bersa-yu ammo keyin uni minnat qilsa, ikkinchisi, o’zining in’om — ehsonini ayab, xassislik qilsa, chunonchi Alloh taolo nazdida minnat bilan bir narsa berish va xassislik qilib bermaslik qabohatda barobar hisoblanadi.
* * *
Zimmangda farz bo’lgan narsani qarz va burch o’rniga qo’y. Bu hol qalbingu dilingga rohat baxsh etib, sharafing va obro’yingii saqlash uchun eng to’g’ri yo’ldir.
* * *
Olam uzra shunday yurginki, to butun olamning yelkasiga oyoq qo’ygandek bo’l, shunda jami maxluqotdan (borliqdan) ustun bo’lursan.
* * *
Alloh taolo ato qilgan turli ne’matlarning lazzati qudrat holvasidan totliroqdir. Ammo minnat bo’lgan holatda esa zaqum (jahannam daraxti) mevasining achchig’iga qaraganda ham achchiqdir.
* * *
O’zi sazovor bo’lmagan hamdu sanoyu maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir.
* * *
Tavba qilgan kishi umrining nihoyasi (xotimasi) umrining boshi , degandek (ya’ni, onadan tug’ilgan kuni kabi gunohsizdir), uning ishlari Alloh
taolo nazdida aybli bo’lmaydi.
* * *
Misvoklar (tish tozalagichlar) bilan og’zingni tozalading, koshki endi bundan keyin sen og’zingni (tilingni) bo’hton, yolg’on, g’iybat so’zlarni aytish bilan bulg’amasang.
* * *
Senga malomat bilan ko’p hollarda mudom vaz’ qildilar (senga ko’p malomat qildilar ma’nosida), bularning o’rniga seni g’aflatning davomli uyqusidan uyg’otganlarida ma’qul bo’lardi.
* * *
Ilmli bo’lish bir baland toqqa chiqish kabi ko’p mashaqqatlidir, lekin undan tushish osondir, johilligu nodonlik bulog’i chuqur chashma misoli bo’lsa-da, biroq u ko’p qiyinchiligu azoblarga giriftor qiladi».
* * *
Yomon narsayu e’tiqod bilan qilingan ezgu ish sarob va kul kabi hech qanaqa foyda bermaydi.
* * *
Ilmli bo’lish o’qish, o’qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo’ladigan bir saboqdir. Agar olim kishi chiroyli, xushxat yozuvga ega bo’lsa, bu uning kamolotga yetganidan dalolatdir.
* * *
Seni kasodu inkisorga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo’l, qo’rqma, zarari yo’q, ziyoni yo’q, deb yuklatuvchilardan uzoqroqda bo’l.
* * *
Ezgulik, xayrli ishlarga astoydil kirish, ularni paysalga solib, keyin qilarman degan o’ylardan voz kech, shayton yo’ldan uradigan shoshma-shosharlik bilan emas, tafakkur va idrok bilan ish tut.
* * *
Riyo bor har qanday ishda ravoligu ziyo yo’qdir.
* * *
Yolg’onchining qasami bor (haqiqiy) ilmining ham soxtaligini oshiradi. Din xususida bo’ladigan musobaqa (munozara)larda komil e’timod bilan e’tiqod qil, shunda har qaysi maydonlarda oldinda bo’lasan.
* * *
Mening ko’zim faqat sizning yaqin bo’lishingizdan qaror va tinchlik topadir, chunki oshiq va muhib o’z ma’shuqasiga yaqin bo’lmasa rohat olib shod bo’lmaydi.
* * *
Sotib olgan narsangda aldanib, moliyaviy ziyon-zarar ko’ruving sen bundan kelgusida ko’radigan ziyonlaringdan, ancha yengilroq va osonroqdir».
* * *
Sening qilayotgan ishlaringda dushmaning ogoh bo’lib, ulardan ko’z yumishi senga ilon chaqqandan ko’ra ham zararli va mashaqqatli bo’ladi.
* * *
Urug’likni ham, po’choqni ham, niyatu orzularni ham, muhabbatu firoqni ham yaratuvchi Alloh taolodir.
* * *
Ot uchun har doim qamchi lozimdir. U garchand yelib-yugaradigan tulpor bo’lsa ham.
* * *
Dehqonchilik qilib ziroat ekish foydayu xayr baraka birla mushtarakdir, o’z xalqini behad ko’p xayr-barakaga burkaydir.
* * *
Zaminda o’zini inson (odam) hisoblab yurgan odamlaru (nos) odam sifatli olchoqlar (nuvays) bordir. Shu odamlar jumlasidan hazrat Tovus — (Muhammad payg’ambar alayhissalomning mashhur
izdoshlaridan Abu Abdurahmon ibn Kisoning laqabi shunday bo’lib, u o’z fazli-kamoloti va muruvvati bilan mashhur zot edi) va Tuvays (Madinai munavvarida yashagan, yaramas odatlari va shumligi bilan mashhur bo’lgan bir kimsa) ham bordir.
* * *
Yaramas va xasis kishining eshigini taqqillatishda saxiy va mo»tabar kishining oziq tishini sug’urish bilan barobar ranju izza bordir. Ya’ni, saxiy kishi ishi tushib zaruratdan xasis odamning eshigini qoqsa, u buni o’zining oziq tishini sug’urtirgandek ozoru aziyat chekkan holda qiladi»
* * *
Bu dunyo mol-mulkini o’z zimmangga va bo’yninga olishlikda og’ir va ma’suliyatli burchlar bor (ya’ni, o’zgalarning shon-sharaflari bilan bog’liq ishlarni gardaningga olishda o’ylab ish tut
ma’nosida).
* * *
Alloh taolodan astoydil istisno bilan o’tinib so’ragan kimsaning nidosi sira noumid qolmaydi.
* * *
Aql-idrok va shariatga amal qilib ish tutgan banda asl va ikkinchi darajali maqsadu matlablarini jam qilishi muqarrardir.
* * *
Goh vaqtda johil kishi akd-idrokli kishining suhbatida (yo’ldosh) bo’lur, undan boshqalarga zarar kelmas, Faroqid yulduzi bilan Suhayl yulduzi ham yonma-yon bo’lgani kabi (ya’ni, Suhayl yulduzining kuchi oz bo’lsa-da, shimol tarafidan Faproqid yulduzlarining yaqinlashuvchi bilan ularning nurlari zaiflashmaydi ham, kamaymaydi ham).
* * *
Ko’pincha yoki ba’zan Hasan al-Basriyga o’xshash buyuklarni Hajjoj Zolimga o’xshashlar tug’adilar, go’yo sho’r dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi.
* * *
Ba’zida ikki yaramasdan Hasan misoli go’zal bir o’g’lon dunyoga keladi, chunonchi qon bilan etning orasidan sut chiqadi.
* * *
Ilmiy-urfon va aql-farosati bilan mashhur bo’lgan Abdumalik ibn Qariyb Horun ur-Rashidga o’z zakovatli qalbi va keng fikr mulohazasi bilan yaqinlashadi. Bu yaqinlashuv uning Asmam qabilasidanligi va sharif nasabli ekanligidan bo’lmay, ilmi tufaylidir, aks holda Horun ur-Rashid unga barmog’i bilan-da ishora qilmasdi.
* * *
Shod-xurramlik va yaramaslik ezgulik va yovuzlikka muqorana qilindi, ya’ni shod-xurramlik ezgulikka, yaramaslik yovuzligu qayg’u hasratga muqorin bo’ldi.
* * *
Rivoyatlarga ko’ra, Ziyod o’g’illarini komil insonlar deydilar. Uning yetti farzandining har biri shoirlarning eng peshvosi bo’lib, balog’at va fasohatda yetuk edilar. Biroq ulardan ko’ra ham ilmu sharifni yuqori martabaga ko’taruvchi shunday olimlar borki, ular ilmlariga amal qilib, shariat ahkomlarini — qonun qoidalarini yuqori ko’taruvchilardir.