Biznesni boshlamoqchisiz, ammo nima qilishni bilmaysizmi?
Siz o’z biznesingizni boshlamoqchisiz va buni qanday qilib amalga oshirishni bilmaysizmi? Biznesni ochish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishni bilmaysizmi? Unda ushbu maqola aynan siz uchun!
Tadbirkorlik faoliyatini (biznesni) boshlash uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirishingiz zarur:
1) O‘z tumaningiz yoki shahringizdagi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib yoki Intyernyet orqali onlayn tarzda davlat ro‘yxatidan o‘tish;
2) bankda hisob raqamini ochish. Bank hisob raqamlarini ochish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning, ta’sis hujjatlarining aslini va nusxalarini taqdim etish talab qilinmaydi;
3) nazorat-kassa mashinasini xarid qilish va uni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
4) aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun tijorat banklaridan hisob-kitob tyerminalini xarid qilish. Statsionar savdo shoxobchalari va ko‘chma savdo obyektlari bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob tyerminallari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim;
5) zarur bo‘lgan hollarda muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish uchun ruxsatnoma olish;
6) xodimlarga mehnat daftarchalari ochish, pensiya daftarchalarini rasmiylashtirish;
7) zarur bo‘lgan hollarda kerakli litseziya va ruxsatnomalarni olish;
8) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va respublika hududiga olib kirilayotgan tegishli mahsulot turlarini majburiy ravishda sertifikatlash;
9) egallagan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli idoralardan xulosalar, ma’lumotnomalar (sanitar-epidemiologiya xulosasi, yong‘in nazorati organlaridan yong‘in xavfsizligi talablariga moslik haqidagi xulosa va boshqalar)ni olish;
10) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lish. A’zolik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ixtiyoriy, tadbirkorlikning boshqa subyektlari uchun majburiy hisoblanadi. Savdo-sanoat palatasiga a’zolikka kirish bo‘yicha onlayn arizani shu yerda rasmiylashtirish mumkin.
Islombek Abdixakimov