Farzandlikka olishda kimlar ustunlik huquqiga ega?
Farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega bo’lgan shaxslar
Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega bo’ladilar:
- turar joyidan qat’i nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
- farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs;
- aka-uka, opa-singillarni ular o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka
olayotgan shaxslar; - o’gay ota va o’gay ona;
- O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.
154-modda
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi
Categories:
Oila huquqi