Yosh oilalar uchun mo‘ljallangan ko‘p qavatli “Yoshlar uylari”ni sotib olish tartibi qanday?

“Yoshlar uylari”ni sotib olish uchun 30 yoshdan oshmagan fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joydagi Yoshlar ittifoqining tegishli tuman (shahar) kyengashlariga murojaat qilishlari lozim.

Taqdim qilingan hujjatlar tegishli komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

“Yoshlar uylari”ni yoshi 30 dan oshmagan quyidagi fuqarolar sotib olishi mumkin:

  • turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar sifatida hisobda turgan hamda fan, san’at, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan yosh oilalar (davlat mukofotlari, «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni sohiblari, nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari, tanlovlar va olimpiadalar sovrindorlari);
  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida kamida uch yil mobaynida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy faol yosh oilalar (Yoshlar ittifoqi Markaziy Kyengashi taqdimnomasi asosida);
  • faoliyat yuritayotgan mehnat jamoasida alohida namuna va xizmat ko‘rsatgan yosh oilalarga (davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining rahbarlari tavsiyasiga ko‘ra Yoshlar ittifoqi Markaziy Kyengashi taqdimnomasi asosida).

Quyidagilar yosh oila sifatida e’tirof qilinadi:

  • yoshlar uyini ipoteka krediti asosida sotib olish uchun hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza berilgan paytda er-xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila;
  • farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila;
  • 30 yoshdan oshmagan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol)dan iborat oila.

Yoshlar ittifoqi Markaziy kyengashining hisobda turgan yosh oilalarga ular uchun zarur bo‘lgan turar joy maydoni mavjudligidan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqdim etiladi. Agar: seo expert in pakistan

  • er-xotinning har ikkisi yetimlar — «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari bo‘lsa;
  • imtiyozli ipoteka krediti oluvchi oila a’zolarining biri yoki bir nechtasi surunkali kasalliklarning o‘tkir shakllaridan azob cheksa.
  • imtiyozli ipoteka krediti oluvchi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida kamida uch yil mobaynida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy faol yoshlardan bo‘lsa, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kyengashining tavsiyanomasi navbatdan tashqari beriladi. 

Yoshlar uylarini sotib olishda boshlang‘ich badal to‘lash talab qilinmaydi.

Ipoteka krediti Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng bo‘lgan foizli stavka bilan 20 yil muddatga beriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications