Skip to main content

Avtokredit qanday olinadi?

Avtokredit, yengil avtomobilni  rasmiy dilerdan sotib olish uchun banklar tomonidan beriladi.


Avtomobil krediti garov ta’minoti ostida beriladi. Avtomobil kreditida garov ta’minoti quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • mulk garovi (ko‘p hollarda sotib olinayotgan avtomobil garov sifatida qabul qilinadi);
  • yuridik shaxsning kafolati;
  • asosiy ish joyida barqaror daromadga ega bo‘lgan ikki jismoniy shaxsning kafolati;
  • sug‘urta polisi yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati.

Avtokredit olishga buyurtma berish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

avtosalon bilan tuzilgan shartnoma;

pasport va uning nusxasi;

barcha oila a’zolarini ko‘rsatgan holda yashash joyidan olingan ma’lumotnoma;

oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari haqidagi ish joyidan olingan ma’lumotnoma;

kreditning qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar: kafolatlar, garov shartnomasi va boshqalar.

Categories: Bank huquqi