Avtokredit, yengil avtomobilni rasmiy dilerdan sotib olish uchun banklar tomonidan beriladi.
Avtomobil krediti garov ta’minoti ostida beriladi. Avtomobil kreditida garov ta’minoti quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- mulk garovi (ko‘p hollarda sotib olinayotgan avtomobil garov sifatida qabul qilinadi);
- yuridik shaxsning kafolati;
- asosiy ish joyida barqaror daromadga ega bo‘lgan ikki jismoniy shaxsning kafolati;
- sug‘urta polisi yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati.
Avtokredit olishga buyurtma berish uchun talab qilinadigan hujjatlar:
avtosalon bilan tuzilgan shartnoma;
pasport va uning nusxasi;
barcha oila a’zolarini ko‘rsatgan holda yashash joyidan olingan ma’lumotnoma;
oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari haqidagi ish joyidan olingan ma’lumotnoma;
kreditning qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar: kafolatlar, garov shartnomasi va boshqalar.