Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 332¹-moddasiga koʻra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Yaʼni, jarima toʻlashingiz lozimligi toʻgʻrisidagi qaror qoʻlingizga tushgan kundan boshlab 15 kun ichida uning 70 foiz qismini toʻlasangiz, ushbu jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinasiz.
Ammo, jarimaning 30 foizidan ozod qilish barcha holatlarda ham qoʻllanilmaydi.
Yuqoridagi moddaning 2-qismiga asosan quyidagi holatlarda jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmaydi:
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.