Xususiy korxona ochish tartibi qanday?

Xususiy korxona – mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi. Ya’ni kreditorlarga qarzni uzish uchun korxona balansida yetarli mablag’ bo’lmaganda, undiruv korxona muassisi (egasi)ning mol-mulkiga qaratiladi. Shu jihati bilan xususiy korxona Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan farqlanadi. (Mas’uliyati cheklangan jamiyatda undiruv faqat jamiyat mol-mulkiga qaratiladi, ya’ni jamiyat muassisi mol-mulkiga undiruv qaratilmaydi.)
Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi:
Ro‘yxatdan o‘tish usullari: mustaqil ravishda maxsus sayt orqali: Saytga kirish

  • Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurish orqali.

Kerakli hujjatlar:

  1. ariza,
  2. ustav
  3. elektron raqamli imzo.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqti: 30 daqiqa.
To‘lanadigan davlat boji*:

  • BHMning 90% – mustaqil ravishda sayt orqali ro‘yxatdan o‘tilganida;
  • BHMning 100% – Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurish orqali ro‘yxatdan o‘tilganida.

Talablar: xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o‘z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
Xususiy korxonaning ta’sis hujjati: ustav.
Boshqaruv: xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi.

Xususiy korxonaning o‘ziga xos xususiyatlari:
Ustunligi:

xususiy korxona qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullana oladi.

Kamchiligi:
– bankrotlikka uchraganda barcha qarzlarni va boshqa to‘lovlarni o‘zi to‘liq miqdorda qoplaydi;
– korxona egasi uning faoliyatini shaxsan boshqarishi shart. U boshqaruv vakolatlarini yollangan shaxsga taqdim eta olmaydi;
O‘ziga xos xususiyati:

xususiy korxona egasi korxonani to‘lig‘icha mulk kompleksi sifatida sotishi yoki hadya etishi, yoxud uni tugatib, mol-mulkini alohida sotishi mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications