Dehqon xo‘jaligi qanday tashkil etiladi?

Dehqon xo‘jaligi — oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va realizatsatsiya qilishni amalga oshiradi.

Tadbirkorlik faoliyati sifatida

Dehqon xo‘jaligidagi faoliyati tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.

Mehnat munosabati

Dehqon xo‘jaligida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanish mumkin emas.

Ishtirokchilari

Dehqon xo‘jaligi a’zolari birgalikda yashayotgan va dehqon xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari hisoblanadi.

Tashkil etilishi

Dehqon xo‘jaligi fuqaroga belgilangan tartibda yer uchastkasi berilganidan va dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Yer berish shartlari

Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq yer solig‘i ko‘rinishida undiriladi.

Manba: 

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications