Tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida hamda shaharlararo tashish faoliyati bilan shugʼullanish uchun litsenziya olish Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6044-son Farmoniga asosan bekor qilingan.
Аmmo siz tadbirkor boʼlsangiz avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʼnalishlar boʼyicha tashish faoliyati bilan shugʼullanish uchun litsenziya olishingiz talab qilinadi. Bunda, talabgor sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 636-son qaroriga asosan Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishingiz lozim.