Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faqat davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida qishloq joylarda tashkil etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yakka tartibdagi tadbirkor shaklida faoliyat yuritadi va bank hisob raqamiga, o’z nomi ko’rsatilgan muhrga ega bo’ladi.
Demak, siz oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasini shaharda tashkil eta olmaysiz!!! Shuningdek, oilaviy bog’cha ochish uchun yuridik shaxs tashkil etish shart emas. Ya’ni, oilaviy bog’cha tashkil etish uchun qonunda belgilangan tartibda Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tishning o’zi yetarli.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan beriladigan belgilangan shakldagi ruxsatnomani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi.
Demak, oilaviy bog’cha tashkil etish uchun hokimiyatdan ruhsatnoma olishingiz kerak ekan.
Yaxshi yangilik!!!
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi. Ya’ni, oilaviy bog’cha ochishingiz uchun hech qanday litsenziya olishingiz shart emas.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan belgilangan tartibda davlat-xususiy sherikchilik to’g’risida bitim imzolagandan so’ng faoliyatini boshlaydi.
Davlat-xususiy sheriklik to’g’risidagi tuzilgan bitimlarning yagona reestri Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan yuritiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga kirish joyida fuqarolarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi haqida ma’lumotlardan xabardor qilish maqsadida axborot peshlavhasi o’rnatiladi.
Unda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ruxsatnoma nusxasi, davlat-xususiy sheriklik to’g’risidagi bitim nusxasi, pedagog va tibbiyot xodimlarining diplomlari nusxalari, Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va boshqa hujjatlarning nusxalari joylashtiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan 7 — 12 nafar bolalarga tarbiya berilishiga yo’l qo’yiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan uyda bolalarning sog’lom o’sishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar bo’lishi, bino va inshootlar yong’in xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya nazoratining sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos bo’lishi lozim.
14. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga
haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining o’z (mualliflik) dasturlarida milliy, etnik va diniy adovatni targ’ib etishga qaratilgan buzg’unchilik g’oyalarini aks ettirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo’lish vaqti ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib muassis (bog’chani tashkil etgan shaxs) tomonidan belgilanadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi kunlik ish tartibi joriy etiladi:
9 soatli;
4 soatli.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko’rsatish sog’liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog’lig’i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va muassasadan chiqarish tartibi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalar soni 7 nafardan kam bo’lmasligi va 12 nafardan oshmasligi lozim.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida o’quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyuniga qadar davom etadi. 1 iyundan 1 sentyabrgacha bo’lgan davr muassasada sog’lomlashtirish davri hisoblanadi.
Manba: Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari to’g’risida NIZOM
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo’yicha ruxsatnoma berish tartibi
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo’yicha ruxsatnoma berish tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar ruxsat berishga doir qoidalarga muvofiq oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyatini amalga oshirish bo’yicha talablar va shartlar hisoblanadi:
- odavlat maktabgacha ta’lim muassasalari to’g’risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish;
- nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida mulkka egalik qilish huquqi yoki boshqa mol-mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan binolar, inshootlar va sharoitlarning mavjudligi;
- o’quv va tarbiya jarayonini davlat talablariga, o’quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish;
- oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to’g’risidagi ishonchli axborotni yozma shaklda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limiga taqdim etish yoki Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritish.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo’yicha ruxsatnoma olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar
- Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo’yicha ruxsatnoma olish uchun talabgor tomonidan tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limiga ariza bilan murojaat qilinadi va arizada yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi, otasining ismi ko’rsatiladi va unga quyidagilar ilova qilinadi:
- pasportining ko’chirma nusxasi;
- oilaviy nodavlat ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili;
- bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami;
- oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan talabgor o’rtasida belgilangan tartibda imzolangan davlat-xususiy sherikchilik to’g’risida bitim nusxasi;
- yong’in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong’in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosalari nusxalari;
- oliy yoki o’rta maxsus pedagogik ma’lumotiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat (tegishli hududlarda oliy yoki o’rta maxsus pedagogik ma’lumotli talabgorlar mavjud bo’lmagan hollarda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha qayta tayyorlovdan o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat) nusxasi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo’yicha ruxsatnoma olish uchun talabgor tomonidan hujjatlar tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limiga bevosita yoxud ularning olinganligi to’g’risidagi ildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
11. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo’yicha ruxsatnoma olish uchun
hujjatlar tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limining mas’ul shaxsi tomonidan ro’yxat bo’yicha
qabul qilinadi, ro’yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi
qo’yilgan holda arizachiga yuboriladi (taqdim etiladi).
12. Ishonchsiz yoki noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun ruxsatnoma talabgori qonun
hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Arizalarni ko’rib chiqish va ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish tartibi
Ruxsatnoma talabgorining arizasi ko’rib chiqilgani uchun yig’im undirilmaydi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo’yicha ruxsatnoma berish bo’yicha tuman (shahar) hokimligi huzurida komissiya tuziladi va u tuman (shahar) moliya bo’limi, iqtisodiyot bo’limi, adliya bo’limi, qurilish bo’limi hamda maktabgacha ta’lim bo’limi boshliqlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Komissiya toq sonli a’zolardan va kamida yetti kishidan iborat bo’lishi kerak. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi boshlig’i komissiya kotibi hisoblanadi.
Komissiyaning ishchi organi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi hisoblanadi. Tuman (shahar)
maktabgacha ta’lim bo’limi qabul qilingan hujjatlarni haqqoniyligini o’rganib chiqib, Komissiya yig’ilishi muhokamasiga kiritadi.
Komissiya yig’ilishida talabgor tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo’yicha ruxsatnoma olish yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar muhokama qilinadi va yig’ilish natijasida talabgorga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish masalasi bayonnoma bilan uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo’yicha ruxsatnoma berish to’g’risidagi tuman (shahar) hokimining qarori talabgorning arizasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo’yicha ruxsatnoma berishni rad etish komissiya bayonnomasida asoslangan holda talabgorga komissiya yig’ilishi bo’lib o’tgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu bayonnomaning nusxasi taqdim etiladi.
Tuman (shahar) hokimligi ruxsatnoma berish bo’yicha qaror qabul qilganda talabgorga ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Ruxsatnoma ikki nusxada — talabgor va tuman (shahar) hokimligi uchun bir nusxadan tuziladi.
19. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga ko’ra rad etilishi mumkin:
- murojaat etuvchi tomonidan hujjatlarning to’liq bo’lmagan hajmda taqdim etilishi;
- talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto’g’ri ma’lumotlar mavjudligi.
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar bo’yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
20. Ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilingan holatlarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin bo’lgan muddat ko’rsatilgan rad etish haqidagi xabarnoma yuboriladi (taqdim etiladi).
Ruxsatnoma berishda rad uchun asos bo’lgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko’rib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uning berilishini rad etish tuman (shahar) hokimligi tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi to’g’risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran 10 kundan ortiq bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo’yicha ruxsatnoma berish SXEMASI